Samarqand tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasasida yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat 16:31 / 15.06.2019 7918

Samarqand tumanidagi maktabgacha ta'lim muassasalarining birida yong‘in sodir bo‘lgan.

Samarqand viloyati FVB YoXBning Kun.uz tahririyatiga ma'lum qilishicha, yong‘in joriy yil 13 iyun kuni Samarqand tumani, «Andijoniy» mahallasidagi 30-sonli maktabgacha ta'lim muassasasi oshxonasida kelib chiqqan.

Voqea joyiga yetib kelgan viloyat FVB YoXB mutasaddilari va ikkita yong‘inni o‘chirish ekipaji yong‘inni bartaraf etgan. Binoning 180 kv.metri yong‘indan saqlab qolingan.

Yong‘inga olovdan ehtiyotsizlik bilan foydalanish, xavfsizlik texnikasiga rioya qilinmagani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Voqea yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Ma'lum bo‘liishicha, muassasada oxirgi marta joriy yil 20 fevral kuni yong‘in xavfsizligi bo‘yicha nazorat o‘tkazilgan va yo‘l-yo‘riq ko‘rsatilgan.

Yong‘in oqibatida jabrlanganlar yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: