Bosh vazir Mudofaa vazirligi uchun arzon uy-joylar qurilishi bilan tanishdi

Jamiyat 22:32 / 15.06.2019 21852

2019 yil 15 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Toshkentning Yashnabod tumani “Olmos” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun bunyod etilayotgan ko‘p qavatli arzon uy-joylar qurilishi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu uylar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 oktyabrdagi PQ-3350 sonli qaroriga muvofiq “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan barpo etilmoqda. 

Foto: O‘zshahar qurilish invest
Foto: O‘zshahar qurilish invest
Foto: O‘zshahar qurilish invest

Bosh vazir qurilish jaryoni bilan yaqindan tanishar ekan, qurilish sifatini doimiy nazorat qilish, uylarda yashash uchun barcha turdagi qulayliklarini yaratish, xududni obodonlashtirish va obektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. 

2019 yil dasturiga muvofiq zamonaviy loyihalar asosida bu yerda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari uchun jami 11ta 7 qavatli 462 xonadonli arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilmoqda. Hozirgi kunda 11ta uydan 7tasida tom yopish ishlari to‘liq yakunlangan. 4ta uyda tom yopish ishlari olib borilmoqda. Barcha uylarda ichki pardoz ishlari ham ketmoqda. Zamonaviy uylarning 2 xonalisi 54,90 va 55,60 metr kvadratdan iborat. 3 xonali uylar 81 metr kvadratni tashkil etadi. 

Foto: O‘zshahar qurilish invest
Foto: O‘zshahar qurilish invest
Foto: O‘zshahar qurilish invest

Shu o‘rinda aytish joizki, “Olmos” MFY hududida Mudofaa vazirligi xarbiy xizmatchilari uchun “O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyasi tomonidan o‘tgan yili jami 900 xonadondan iborat 31ta arzon ko‘p qavatli uy-joylar qurilib foydalanishga topshirilgan. Shuningdek, ushbu uylarning birinchi qavatidan 4ta bolalar bog‘chasi va 1ta oilaviy poliklinika ham o‘rin olgan.

Bosh vazir qurilish ishlarini ko‘zdan kechirib “Olmos” MFYni obod hududga aylantirish bo‘yicha tuman sektor rahbarlari va ma'sul tashkilotlarga ham qo‘shimcha topshiriqlar berdi.

Ko‘proq yangiliklar: