Xiaomi yangi aqlli soatini taqdim etdi - u EKG qila oladi

Fan-texnika 14:30 / 14.06.2019 8613

Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha avvalgisini takrorlasa ham, qo‘shimcha afzalliklarga ega.

Xiaomi kompaniyasi Amazfit Bip 2 aqlli soatlarini taqdim etdi (Health Watch). Soatlar yangi materiallardan tayyorlangani uchun ham oldingilardan ajralib turadi. Shuningdek, ushbu versiya yurak pulsini o‘lchash bilan birgalikda, uni elektrokardiogrammadan o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Amazfit Bip 2 aqlli soati 1,28-dyuymli yaltiramaydigan qoplamaga ega ekran bilan jihozlangan. Unga Qualcomm protsessori o‘rnatilgani bois kunning istalgan vaqtida yurak urish tezligini hisoblab boradi. 

Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, EKG aniqligi 97,24 foiz deb ta'kidlangan. Agar uskuna yurak urishida qandaydir noodatiy yoki xavfli alomatlarni payqasa, uni o‘zida aks ettirgan holda bildirish beradi — bunda smartfoningiz yoningizda yoki yo‘qligi ahamiyatsiz. Har soatda olingan EKG natijasi 7 kun davomida xotirada saqlanadi.

Amazfit Bip 2’ning og‘irligi atigi 25 gramm va u 4 xil rangdagi talqinda taqdim etiladi: qora, pushti, tilla rang va jigarrang. Soatlarning narxi 699 yuanni tashkil etmoqda, ya'ni taxminan 100 AQSh dollari miqdorida.

Shuningdek, Xiaomi o‘z taqdimotlarida eSIM’ni qo‘llab quvvatlovchi Amazfit Smart Watch 2 va rangli ekranga ega Mi Band 4 fitnes-brasletini ham taqdim etgan.

Ko‘proq yangiliklar: