Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida bepul robototexnika kurslari tashkil etilmoqda

Foto: Turin politexnika universiteti
Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti Mexatronika markazi robototexnikaga qiziquvchi maktab o‘quvchilarini joriy yilning 17 iyunidan boshlanadigan bepul Summer Camp o‘quv kursiga taklif etadi. Bu haqda o‘quv kursi tashkilotchilari Kun.uz'ga ma'lum qilishdi.
Ta'kidlanishicha, mashg‘ulotlarga 14 yoshdan oshgan hamda fizika va matematika bo‘yicha yaxshi bilimga ega bo‘lgan maktab o‘quvchilari tanlov asosida qabul qilinadi.
«Robototexnika kursi universitet mexatronika markazida olib boriladi va o‘quvchilarga dasturlash va modellashtirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan darslar o‘tiladi», — deyiladi axborotda.
Robototexnika kursida ishtirok etishni istagan o‘quvchilar 15 iyunga qadar Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti mexatronika markaziga kelib ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
Mavzuga oid

21:17 / 03.04.2024
Ijod maktablarida «Texnologiya» fani doirasida robototexnika asoslari o‘rgatiladi

16:55 / 10.01.2024
Turin politexnika universitetiga yangi rektor tayinlandi

09:00 / 29.09.2022
“7-10 yoshli o‘quvchilarim lego-robotlar yasaydi” - 18 yashar robototexnik

15:29 / 22.04.2022