AQUALAND – unutilmas zavq, betakror hordiq!

Jamiyat 12:00 / 14.06.2019 22359

Mazza qilib dam olish uchun Toshkentni tark etish shart emas – bir necha yildan beri poytaxtda shahar aholisi va mehmonlarining sifatli hordiqqa bo‘lgan ehtiyojini qondirishga tayyor kompleks faoliyat ko‘rsatmoqda.

AQUALAND suvning billurdek sofligiga, har bir basseynida suvning optimal haroratini tanlashga erishgan, ikki jakuzi, kattalar, o‘smirlar va bolalar uchun basseynlarga ega, unutilmas zavq beruvchi akvaparkdir.

Bolalar basseynida mayda-chuydasigacha hamma narsa o‘ylangan: suv harorati, yassi qirg‘oqlar va bolalar uchun xavfsiz «tepalik»lar. Bolalar basseynining maksimal chuqurligi 50, minimal chuqurligi esa 35 santimetr.

Bu yerda g‘amxo‘r ota-onalar uchun mo‘ljallangan bir necha shezlongni ko‘rish mumkin. Kattaroq yoshdagi bolalarni esa professional yo‘riqchi-qutqaruvchilarga ishonib topshirsa bo‘ladi: ko‘zdan qochirishmaydi, yordam berishadi, hatto suzishga ham o‘rgatishadi! Yana 8 nafar qutqaruvchi boshqa basseynlar yonida navbatchilik qiladi.

Park markazida suv hajmi 450 metr kub bo‘lgan to‘lqinli basseyn joylashgan. Bu yerda, dengizdagi kabi to‘lqinlar havoning shiddatli oqimi yordamida hosil qilinadi. Basseyndagi harorat ham dengizdagi kabi tetiklantiruvchi, ya'ni 26 daraja. To‘lqinlar ham bolalar uchun xavfli bo‘lmagan balandlikda.

To‘lqinli basseyn ortida parkdagi eng katta suv havzasi (hajmi 1100 kub metr, suv harorati 27 daraja) – kattalar basseyni joylashgan.

Bu yerda ikki «tepalik» – tezkor va «kamikadze»ni ko‘rish mumkin. Ikkovi ham hafsala bilan va qoyilmaqom loyihalashtirilgan. 15 metrli balandlikka qaramay butkul xavfsiz (albatta, parkning xavfsizlik bo‘yicha barcha me'yor va qoidalariga rioya etilganda!): choklar har kuni tekshiriladi va sayqallanadi, suvdagi finish esa jarohatlardan saqlanish uchun qisqa tashlanmada amalga oshiriladi.

Yana uchta «tepalik» (to‘g‘ri, vintli va bir vaqtning o‘zida butun oila yoki guruh bilan tushish mumkin bo‘lgan oilaviy) 7 metrli minoradan o‘smirlar basseyniga tushadi. Mazkur basseynda suv hajmi 580 metr kub, harorati esa 28 daraja.

AQUALAND parkining «iftixori» – 50 va 30 kishiga mo‘ljallangan ikki basseyn-jakuzidir. Ularda nafaqat massaj olish, balki tanaga iliqlik baxsh etish ham mumkin – suv harorati 32 darajani tashkil etadi.

Parkda chekish uchun 5 ta alohida hudud mavjud, suv yaqinida chekish ma'n etiladi. Shezlong yonida esa bemalol tamaddi qilish yoki to‘laqonli taomlanish mumkin.

Park hududida jami 500 ta quyoshdan oq mato bilan himoyalangan va ultrabinafsha nurlari tushishiga imkon bermaydigan shinam shezlong joylashgan.

AQUALAND mehmonlarga xizmat ko‘rsatish va akvaparkni ochiq osmon ostidagi bayram manziliga aylantirishga tayyor 3 oshxona va 40 nafar ofitsiantga ega. Bayram muhitini musiqali kliplar va konsertlar namoyish etiladigan ulkan ekran boyitadi. AQUALAND raqs tushish va yugurish uchun xavfsiz, chunki park hududida sirpanchiq bo‘lmagan fakturali plitkalar terilgan.

AQUALAND o‘zining shaxsiy GPS-navigatsiya tizimi – kelish-ketish va har bir mehmonning parkda harakatlanishini kuzatish imkonini beruvchi magnit bilaguzuklarga ega. Ular shaxsiy javonchalarga kalit bo‘lib vazifasini ham bajaradi. Qimmatbaho buyumlar uchun park videokuzatuv yordamida qo‘riqlanadigan alohida qutilar taklif etadi.

Oilaviy yoki guruh bo‘lib dam olishga chog‘langanlarga GoldenValley’da xona olish va kompleksning mehmonxona mijozlari uchun imtiyozidan – akvaparkda 3 soat davomida bepul bo‘lishdan foydalanish taklif etiladi.

GoldenValley xorijiy va boshqa shaharlardan kelgan mehmonlar hamda Toshkent aholisini qabul qilishga tayyor. Mehmonxona qoshidagi sauna va basseynlar haqida, shuningdek, boshqa ma'lumotlarni gvhotel.uz saytida topish mumkin.

Chuqur o‘ylangan infrastruktura va bayram muhiti har bir tashrif buyurgan mijoz yodida saqlanib qolishi, shubhasiz. AQUALAND butun yoz bo‘yi o‘z mehmonlariga suv mashg‘ulotlaridan olinadigan olam-olam lazzatni baxsh etadi.

Qo‘shimcha ma'lumot uchun:

Telefonlar: +99871 212-01-54, +99871 212-01-55

Facebook: fb.com/aqualend

Instagram: @aqualand_tashkent

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: