Markaziy harbiy okrugi poligonida AK-3 va PM-3 qurollaridan otish bo‘yicha Mudofaa vazirligi chempionati bo‘lib o‘tdi. Musobaqada oliy harbiy o‘quv muassalari, harbiy okruglardan jami 32 jamoa – 195 nafar harbiy xizmatchi ishtirok etdi.
Bahslardan ko‘zlangan asosiy maqsad Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a'zo davlatlar o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan chempionatga tayyorgarlik ko‘rish va kuchli sportchilarni saralashdan iborat.
Natijalarga ko‘ra, PM-3 yo‘nalishidaToshkent harbiy okrugi sharafini himoya qilgan katta leytenant Rustam Javliyev 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. AK-3 yo‘nalishi bo‘yicha ham Toshkent harbiy okrugi mutlaq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Unga ko‘ra:
1-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Mayor Donyor Jumanov;
2-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Serjant Xabubulla Saidov;
3-o‘rin: Toshkent harbiy okrugi. Shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Jamoliddin Kamolov.
Yakuniy natijalarga ko‘ra umumjamoa hisobida Toshkent harbiy okrugi musobaqa peshqadamiga aylandi.
Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilan yurti kursantlari hamda Markaziy harbiy okrug jamoasiga nasib etdi.