2019/2020 o‘quv yili uchun oliy ta'lim muassasalariga qabul jarayoni boshlanishi munosabati bilan Call-markaz tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligining rasmiy telegram-kanalida xabar qilindi.
Mazkur markaz abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga javob beradi hamda joriy etilgan yangiliklar mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik e'tiboriga yetkazib boradi.
Fuqarolar (71) 246-16-04 telefon raqami orqali Call-markaz bilan bog‘lanib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishlari mumkin.
Avvalroq Davlat xizmatlari agentligi abituriyentlarning oliy o‘quv yurtlariga hujjat topshirishlari tartibi va to‘lov miqdori haqida xabar bergandi.