Yangi uylardagi xonadonlar qurilish vaqtida sotib olishga arziydimi?

Jamiyat 15:30 / 13.06.2019 21333

Hozirgi kunda Toshkentda qurilish jarayonlari avjiga chiqqan bo‘lib, yangi turar-joy majmualari va turli “City”larga qaratilgan reklamalar barchaning e'tiborini tortgan. Yangi uy-joy quruvchilarning biri zamonaviy dizaynni taklif qilsa, boshqasi esa qulay joylashuv va boshqa bir qator imkoniyatlarni va'da bermoqda. Biroq ularning aksariyatini  umumiy bir xususiyat birlashtiradi, ya'ni bu uylar hali qurib bitkazilmagan. Xo‘sh, qurib bitkazilmagan uyga pul to‘lash arziydimi?

Uybor.uz-ko‘chmas mulk sayti sizlarga qurilish davridagi yangi uylarni sotib olishning quyidagi afzalliklari bilan tanishib chiqishni taklif qiladi:

Quruvchi firmalardan chegirma

Odatda xonadonlarning narxi foydalanishga topshirilgunga qadar sezilarli darajada arzon bo‘ladi. Bunday bosqichda ko‘chmas mulkni sotib olar ekansiz, siz kamroq xarajat qilasiz, quruvchi/developer esa,  tikkan (sarflagan)mablag‘ini ertaroq qaytib oladi.Demak, natijada xonadonni ertaroq sotib olib siz quruvchi firmaga qurilish ishlari uchun qarz berasiz, o‘z navbatida u ham sizga arzonlashtirilgan narxdagi uy shaklida mukofot to‘laydi.Bunda ikkala taraf ham foyda ko‘radi.

Muddatli to‘lov

Ko‘chmas mulk bozoridagi takliflarning ortib borishi tufayli xonadonlarni sotish tobora qiyinlashmoqda. Shu sababli ham borgan sari ko‘plab quruvchi firmalar hali to‘liq qurib bitkazilmagan uylarni muddatli to‘lov asosida sotib olishni taklif qilmoqdalar.Bunda siz xonadon narxining bir qismini  oldindan to‘laysiz,qolgan qismini esa, 1-3 yil mobaynida oylik to‘lov shaklida amalga oshirasiz. Natijada, bir tomondan, hali qurib bitkazilmagan uyga to‘liq to‘lovni birdaniga amalga oshirmaslik imkoniyatining yuzaga kelishi xaridorga qulaylik yaratsa, boshqa tomondan quruvchi firmalar ko‘proq va tezroq xonadonlarni sotishga erishadilar.

Yaxshi joylarga ega bo‘lish

Siz xonadonni sotib olish qarorini qancha erta qabul qilsangiz, tanlash imkoniyatingiz shuncha yuqori bo‘ladi. Shu tariqa siz, faqatgina ortib qolgan uylarni sotib olishga majbur bo‘lmasdan, aksincha o‘z xohish -istaklaringizdan kelib chiqqan holda, ya'ni deraza ortidagi manzara, uyning qavati, uning rejasi va boshqalarni hisobga olgan holda o‘zingizga yoqqan uyni tanlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Albattaki, quruvchi firmaning qurilishni o‘z vaqtida tugata olmay qolishi yoki xonadonning rejasi uy bitgach sizga yoqmay qolishi mumkin.

Bunday holatlarga duch kelmaslik uchun turar-joy komplekslarini Uybor.uz yordamida taqqoslang va quyidagilarni tekshirish imkoniyatiga ega bo‘lasiz:

1.  Qurilish jarayonlari. Turar-joy kompleksining sahifasida siz qurilish jarayonlarini kuzatib borishingiz mumkin.Aksariyat quruvchi firmalar qurilishining oyma-oy suratlarini saytga joylaydilar. Bunda siz qurilish ishlari qay darajada yakunlangani haqida ma'lumotga ega bo‘lish imkoniyatini qo‘lga kiritasiz.

2.  Xonadon rejasi.Quruvchi firmalar bir paytning o‘zida bir xil miqdordagi xonalarga ega bo‘lgan xonadonlarning bir nechta variantlarini taklif qilishlari mumkin.Turar-joy kompleksining saytdagi sahifasida siz xonadonlar rejasining bir nechta variantlarini ko‘rishingiz va o‘zingizga mos kelganini tanlashingiz mumkin bo‘ladi.

Uybor.uz- ko‘chmas mulk ommabop sayti 40 dan ortiq turar-joy joy komplekslari va Toshkentning barcha tumanlaridagi 600dan ortiq xonadon turlarini taklif qiladi.Uybor.uz– yangi uylarni biz bilan izlang va toping.

Murojaat uchun telefon: +998 78 120 79 79 

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: