WSJ: Tsukerberg Facebook himoyasidagi muammolarda shaxsan aybdor

Fan-texnika 08:00 / 13.06.2019 4799

Facebook asoschisi Mark Tsukerberg kompaniyaning foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlarini himoyalashidagi muammolariga shaxsan aloqador bo‘lishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal nashri o‘z manbalariga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.   

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq shaxsiy ma'lumotlar maxfiyligini 2012 yildan ta'minlashi kerak bo‘lgan. 

Biroq, ta'kidlanishicha, kompaniya rahbariyatining o‘zaro elektron yozishmalari kompaniya top-menejyerlari va shaxsan Tsukerberg maxfiylikni ta'minlamaslikka qaror qilganlaridan darak beradi.    

Yozishmalarga ko‘ra, Facebook rahbariyati ma'lumotlar maxfiyligini “ustuvor vazifa” deb hisoblamagan.

Avvalroq OAVda Facebook’ga foydalanuvchilari haqidagi ma'lumotlarning sizib chiqishi uchun 5 mlrd dollarlik jarima solinishi mumkinligi ma'lum qilingan. 

Ko‘proq yangiliklar: