Tribuna.uz: Umid Ahmadjonovning o‘rnini Ravshan Ermatov egallashi kutilmoqda

Sport 15:20 / 13.06.2019 24570

FIFA referesi Ravshan Ermatov bugun iste'foga chiqqan Umid Ahmadjonov o‘rniga O‘FA vitse-prezidenti lavozimini egallashi kutilmoqda. Bu haqda Tribuna.uz manbalari xabar bermoqda.

O‘FA faoliyatini nazorat qiluvchi bu lavozimga avvalroq Mirjalol Qosimov hamda Saken Polatovning ham nomzodi ko‘rib chiqilayotgandi, lekin rasmiylar katta ehtimol bilan Ravshan Ermatov nomzodiga to‘xtalishgan.

Tribuna.uz manbalariga ko‘ra, O‘FAda yana ko‘plab iste'folar kutilmoqda. Masalan, katta ehtimol bilan O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev ham lavozimini tark etadi. Shuningdek PFL rahbariyatida ham o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin.

Ma'lumot uchun, ayni vaqtda O‘FA prezidenti — Ochilboy Ramatov hisoblanadi, lekin tashkilotda asosiy ishni birinchi vitse-prezident bajaradi.

Umid Ahmadjonov 2017 yil 12 sentabr kuni u vaqtda O‘FF deb atalgan futbol ittifoqi rahbarligiga saylangandi. Keyinchalik u tashkilot nomini o‘zgartirdi va o‘zbek futbolida turli revolyutsion o‘zgarishlar qilishga intildi. O‘FAdagi ikki yillik faoliyati davomida Ahmadjonov doimiy tanqidlar ostida ishlab keldi. 15 may kuni Ahmadjonov MOQ prezidentligidan ham ketgandi.

Ko‘proq yangiliklar: