Si Tszinpin davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonga yetib keldi  

Jahon 09:00 / 13.06.2019 13287

Xitoy raisi Si Tszinpin davlat tashrifi bilan Qirg‘iziston poytaxti Bishkekka yetib keldi. Bu haqda Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma'lum qildi.

Ta'kidlanishicha, Xitoy yetakchisini Manas aeroportida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov kutib olgan.

“Xitoy raisi Si Tszinpin davlat tashrifi doirasida prezident Sooronbay Jeenbekov bilan kengaytirilgan tartibda uchrashuv o‘tkazadi, uning yakunlariga ko‘ra bir qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi”, deb ma'lum qilingan xabarda.

Shuningdek, Si Tszinpin tashrifi doirasida Qirg‘iziston-Xitoy biznes forumi o‘tkazilishi kutilmoqda. Bundan tashqari, Xitoy raisi Shanxay Hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining navbatdagi yig‘ilishi ishida ishtirok etadi.

Ko‘proq yangiliklar: