AKFA Universitetida qabul jarayonlari 10 iyulga qadar davom etadi

Jamiyat 19:30 / 13.06.2019 12843

AKFA universitetining 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul jarayonlari 10 iyulga qadar davom etadi. Oliygohga hujjat qabul qilish to‘liq onlayn tartibda amalga oshirilmoqda. Joriy o‘quv yilida ta’lim maskani 200 nafar talabani qabul qiladi. 

Ilk o‘quv yilida talabalarning faqat tibbiyot yo‘nalishida (Medical College) tahsil olishlari ko‘zda tutilgan.

Mazkur oliygohga kirish uchun qanday hujjatlarning elektron nusxasi talab etiladi? 

  • shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);  
  • o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim haqidagi hujjat – attestat, diplom, diplom olinmagan bo‘lsa – o‘qishni tugatganligi haqida ma’lumotnoma; 
  • IELTS (minimum 5.5 ball) yoki TOEFL ekvivalenti. 

AKFA universitetining o‘ziga xos tomonlari, kirish imtihonlari haqida batafsil ma’lumotga AKFA Medline tibbiyot markazi direktori Kamolat Mirzaliyeva bilan suhbatdan ega bo‘lishingiz mumkin.

Imtihonlar, ta’lim sohasida Koreya tajribasi, AKFA universitetining Gachon universiteti bilan hamkorligi haqida AKFA universiteti dekani professor Gyo Jun to‘xtalib o‘tdi.

E’tiboringizga abituriyentlar tomonidan eng ko‘p berilgan savollar ro‘yxati va ularning javoblarini taqdim etamiz. 

1. IELTS imtihonini 10 iyuldan keyin topshiraman. Hujjatlarni topshirayotgan vaqtimda IELTS sertifikatini hozir topshirmasdan keyinroq yuklasam bo‘ladimi?

– Barcha hujjatlar, xususan, IELTS va TOEFL sertifikatlari ham faqat 10 iyulga qadar topshiriladi. Mazkur hujjat taqdim etishni kechiktirish, «confirmation» taqdim etishning imkoni yo‘q.

2. AKFA Universiteti talabalariga «scholarship» asosida tahsil olish imkoniyati taqdim etiladimi?

– Ha, AKFA Universiteti konkurs asosida «merit-based scholarship»lar taqdim etadi. 2019-2020 o‘quv yilida universitet 200 nafar talaba qabul qiladi. Eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 nafar talaba har semestr davomida bepul o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu jarayon 6 yil davomida har semestrda amalga oshiriladi. «Merit-based scholarship» faqat o‘zbekistonlik talabalar uchun taqdim etiladi, xorijlik talabalar uchun emas.

3. Imtihonlar qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

  • Kimyodan yozma ish, 20 ta savol; 
  • Biologiyadan yozma ish, 20 ta savol; 
  • Matematikadan yozma ish, 20 ta savol. 

To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 100. 

Test savollari O‘zbekistonning litsey/kollej/maktab dasturiga asosan shakllantiriladi. 

4. Imtihonlar qaysi tilda o‘tkaziladi?

AKFA Universiteti imtihonlari faqat ingliz tilida o‘tkaziladi. Savollar rus yoki o‘zbek tilida taqdim etilmaydi!

Batafsil ma’lumotni AKFA Universitetining ijtimoiy tarmoqlardagi va messenjerlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin:

Telegram: t.me/akfauniversity

Facebook: fb.com/akfauniversity  

Instagram: @akfauniversity

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: