13 iyunda Tataristonda O‘zbekiston bosh konsulligi ochiladi

O‘zbekiston 11:00 / 13.06.2019 4033

13 iyunda Tatariston poytaxti Qozonda O‘zbekistonning bosh konsulligi ochiladi. Konsullikni Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov va O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi Botirjon Asadov ochib berishadi. 

2018 yil oktyabrda O‘zbekistonning Qozondagi bosh konsuli etib tayinlangan Fariddin Nasriyev o‘z majburiyatlarini bajarishga kirishadi. 

Nasriyevning ta'kidlashicha, yangi konsullik butun Volgabo‘yi federal okrugini qamrab oladi.

2018 yilda O‘zbekiston va Tatariston o‘rtasidagi tovar aylanmasi 57 foizga o‘sib, 146 mln dollarni tashkil qilgan. Ikki davlat o‘rtasidagi qo‘shma loyihalar doirasida “Tatneft” liniyasi (shina mahsulotlari, dizel yonilg‘isi, aviakerosin, motor moylari yetkazish), Toshkent viloyatida “KAMAZ”ning avtomobil poligoni va servis markazini tashkil etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: