Tramp Kim Chen Indan «iliq» maktub olganini ma'lum qildi  

Jahon 09:05 / 12.06.2019 10046

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Indan “iliq” maktub olganini ma'lum qildi. Bu haqda 11 iyunda Reuters axborot agentligi xabar berdi

Tramp jurnalistlar oldidagi chiqishi vaqtida yaqin orada Kim Chen In bilan uchrashuv bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytgan, biroq hech qanday tafsilotlar keltirmagan.

AQSh prezidenti Kim Chen In hanuzgacha o‘z va'dasida turib, uzoq masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketa va yer osti yadro sinovlarini o‘tkazmayotganini ta'kidlab o‘tgan. 

“U menga bergan va'dasi ustidan chiqdi. Bu juda muhimdir”, deb aytgan Tramp.

Avvalroq Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jon Bolton Vashington Shimoliy Koreya yetakchisi bilan istalgan vaqtda sammit o‘tkazishga tayyorligini ma'lum qilgandi.

AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilari o‘rtasidagi ilk tarixiy uchrashuv 2018 yil iyunida Singapurda bo‘lib o‘tgan. Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Pxenyan yadroviysizlanishga rozi bo‘lgan, Vashington esa buning evaziga xavfsizlik kafolatini beradigan kelishuvga erishilgan.

Tramp va Kim Chen Inning ikkinchi uchrashuvi fevral oxirida Xanoyda bo‘lib o‘tgan. Biroq bu safar tomonlar hech qanday kelishuvlarga erisha olishmagan.

Ko‘proq yangiliklar: