Saudiya Arabistonida aeroport raketa hujumiga uchradi

Jahon 20:00 / 12.06.2019 28300

Saudiya Arabistonidagi Abha aeroporti raketa hujumiga uchradi. Oqibatda 26 kishi jabrlangan, deb xabar berdi Al Arabiya telekanali. 

OAV ma'lumotlariga ko‘ra, hujumni yamanlik isyonchi husiylar amalga oshirgan. Keyinroq ular aeroportni o‘qqa tutishganini tasdiqlashgan.

Ta'kidlanishicha, zarbalar aeroportning kelish zaliga to‘g‘ri kelgan. Tinch fuqarolar yaralangan.

Yamanda 2014 yil martidan beri qurolli ixtilof davom etib kelmoqda. Saudiya Arabistoni mamlakatning qonuniy rahbariyatini husiylarga qarshi kurashda qo‘llab-quvvatlab keladi.   

Ko‘proq yangiliklar: