Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘iga o‘rinbosar tayinlandi. Avvalgi xodim lavozimda uch kun ishlagandi

O‘zbekiston 17:10 / 12.06.2019 5659

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akbarxon Abbasovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanaliorqali xabar berildi.

Akbarxon Yuldashev bungacha Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.

Eslatib o‘tamiz, aprel oyida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari Umarjon Usmonaliyevich Egamberdiyev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilingandi. U bu lavozimda uch kun ishlagach, boshqa ishga o‘tgandi.

Ko‘proq yangiliklar: