Dunyoning eng qudratli shaharlari nomi ma'lum qilindi

Jahon 10:17 / 12.06.2019 27177

Jahon iqtisodiy forumining Twitter’dagi sahifasida dunyoning eng qudratli shaharlari reytingi paydo bo‘ldi. 1692,3 ball bilan London birinchi qatordan joy egalladi deya xabar bermoqda rb.ru.

Ikkinchi o‘rinni esa Nyu-York 1565,3 balli ko‘rsatkich bilan qo‘lga kiritgan.Tokio (1462) yetakchilar uchligi oxirida.

Parij va Singapur ham beshlikka kirgan. Ro‘yxatning oltinchi o‘rnida Amsterdam, yettinchi o‘rnida esa - Seul. Berlin, Gonkong va Sidney keyingi o‘rinlardan navbatma-navbat joy egallashdi. Moskva o‘nlikka kirmagan.

Mori fondining Shahar strategiyalari instituti har yili iqtisodiyot, tadqiqot va ishlanmalar, madaniy hamkorlik, hayot uchun moslik, atrof-muhit va qulaylik kabi oltita mezon bo‘yicha 44 ta shahar tahlilini o‘tkazadi. Mezonlarning har biri o‘z navbatida mutaxassislar tomonidan baholanadigan 70 ta turli ko‘rsatkichlarga bo‘lingan. Har bir shahar jami 2600 balga ega bo‘lishi mumkin, bu maksimal baho deyiladi fond saytida.

Ko‘proq yangiliklar: