Yirik texnologik kompaniyalar o‘z xodimlariga Huawei’dagi hamkasblari bilan muloqot qilishni taqiqladi

Fan-texnika 00:01 / 11.06.2019 6115

Yirik texnologiya kompaniyalar, shu jumladan Intel va Qualcomm AQSh savdo-sotiq vazirligi sanksiyalari sababli o‘z xodimlariga Xitoyning Huawei kompaniyasi xodimlari bilan muloqot qilishni taqiqlab qo‘ydi. Bunday siyosat global 5G tarmog‘ining yaratilish jarayonini sekinlashtirishi mumkin. Intel, Qualcomm va boshqa bir qator texnologiya kompaniyalar o‘z xodimlariga Huawei kompaniyasi xodimlari bilan texnologiyalar haqida norasmiy muloqot qilishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi. 

Kompaniyaning muhandislari halqaro forumlarda telekommunikatsiya sohasida, shu jumladan beshinchi avlod uyali aloqa tarmoqlari (5G) uchun umumiy texnologik standartlarni o‘rnatish uchun juda ko‘p aloqa qilishgan, deb yozadi agentlik. Hozirda Intel, Qualcomm, InterDigital Wireless va Janubiy Koreyaning LG Uplus xodimlaridan Huawei xodimlari bilan muloqot qilishni cheklashni talab qildilar. Kompaniyalar AQSh hukumati bilan bog‘liq muammolardan qo‘rqadilar, deya xabar beradi Reuters axborot agentligi. 

May oyining o‘rtalarida AQSh savdo vazirligi Huawei va u bilan bog‘liq bo‘lgan yana 70 ta kompaniyani taqiqlangan kompaniyalar qora ro‘yxatiga kiritishga qaror qilgan. 

Ko‘proq yangiliklar: