«Ishdagi xatlar stressi». Elektron pochtadagi javobsiz xatlar bilan qanday kurashish mumkin?

Light 11:29 / 11.06.2019 3306

 Yevropa bo‘ylab 8ta ofisga ega Relaxing Gaming kompyuter dasturlari ishlab chiqaruvchi kompaniyada ish boshlagan Endryu Krosbi har kuni 140dan ortiq elektron xatlarni o‘qib, ularga munosabat bildirishi lozim. Kompaniyada ish boshlaganiga hali 1 yil to‘lmagan xodimning elektron pochtasida 7 mingdan ortiq o‘qilmay qolgan xatlar mavjud, deb yozmoqda Bi-bi-si. 

«Ish va shaxsan sizga daxldor deya topilgan xatlarni o‘qiyman, ularning ayrimi ko‘p vaqt oladi va bu samarasiz mehnatga aylanadi», —  deydi kompaniya xodimi Krosbi.

Ushbu vaziyatdagi muammo shundaki, uzoq muddat kutilgan yoxud muhim qaror qabul qilishga turtki bo‘ladigan maktub bilan juda kech tanishib, atang qilishingiz yoki uni umuman o‘qimasligingiz mumkin. Elektron pochtada to‘lib-toshgan xatlar oqimini qanday boshqarish mumkin? Ular sizga qanday ta'sir qilishini bilasizmi?

Manchester universiteti professori Kari Kuperga ko‘ra, elektron pochtadagi o‘qilmay qolayotgan xatlar kishi salomatligiga jiddiy ziyon qiladi.

Psixologiya sohasi tadqiqotchisi, professor Kuper elektron pochtadagi haddan tashqari ko‘p xatlar ish joyida stressning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lishini ta'kidlaydi.

«Muammo esa elektron pochtadan samarali foydalanish va xatlar oqimini qanday boshqarish haqida ixcham qo‘llanma yo‘qligida, deb bilaman.

Agar o‘ta muhim masalaga doir bo‘lmasa, ish boshqaruvchilar xodimlariga ish soatidan tashqari elektron yozishmalarni yubormasligi lozim. Masalan, dushanba kuni bajarilishi lozim bo‘lgan topshiriq haqida rahbarning xodimiga juma oqshomda yozishi alaloqibat ishchining stressga berilishining sababchisi bo‘ladi», — deydi Kuper.

Shu tufayli, ayrim kompaniya va hukumatlar ishda ichki xat almashinuvini kamaytirishga oid chora-tadbirlarni tasdiqlagan. Masalan, Fransiya hukumati 2017 yili ofis xodimlariga ichki topshiriqlarni xat orqali bildirishni kamaytirish tashabbusi bilan chiqdi. Tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan Rentokil kompaniyasi qoida buzilgan taqdirda, xodimga 60 ming yevro tovon to‘lanishini ma'lum qildi.

Shunga qaramay, ichki xat almashinuvi va elektron yozishmalardan to‘la voz kechish utopiya bo‘lib ko‘rinadi. Bu masalaga konstruktiv yechim topa olgan dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi eng omadli kompaniyaga aylanishi mumkin, deya hisoblaydi AQShning Slack kompaniyasi.

Umumiy 420 million dollarga tayyorlangan muloqot platfomasi yakka tartibda pochtaga ega bo‘lishni talab etmaydi. Slack orqali xodimlar umumiy pochtaga ulangan holda ishlaydi. Ammo 7 mingta xatga javob bermagan Endryuga Slack ham yordam bermadi. 

Professor Kuper xat yuboruvchi rahbar alohida etiketga rioya qilishi, xususan xat yozishda fikrlar qisqa va lo‘nda tushuntirilish, xodimdan nima talab etilishi aniq ko‘rsatilishi vaziyatni yumshatish mumkinligini bildirmoqda.
 

Ko‘proq yangiliklar: