Buxoroda bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha xalqaro turnirning barcha g‘olib va sovrindorlari aniqlandi

Sport 16:54 / 11.06.2019 9201

8-10 iyun kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha O‘zbekiston Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan Bahouddin Naqshband xalqaro xotira turnirida 20 ga yaqin mamlakatdan 100 dan ziyod polvonlar ishtirok etishdi. 

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

“Quvonarlisi, ushbu kun bahslarida ham terma jamoamiz vakillari o‘zlarining nimalarga qodir ekanliklarini ko‘rsatib, barcha bosh sovrinlarni yurtimizda olib qolishdi”, deb yozadi Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati.

Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati

E'tiboringizga musobaqaning so‘nggi kunida shohsupaga ko‘tarilgan kurashchilar ro‘yxatini havola qilamiz:

-73 kg:
1. O‘rol Sodiqov (O‘zbekiston)
2. Muhammad Temirov (Turkmaniston)
3. Ma'ruf G‘aybullayev (O‘zbekiston)
3. Zarafshon Temirov (Tojikiston)

-81 kg:
1. Sarvar Shomurodov (O‘zbekiston)
2. Omid Taztak (Eron)
3. Haqnazar Nazarov (Tojikiston)
3. Madiyor Erkinov (O‘zbekiston)

+100 kg:
1. Muhsin Hisomiddinov (O‘zbekiston)
2. Dadaxon Qurbonaliyev (Tojikiston)
3. Boltaboy Boltayev (O‘zbekiston)
3. Axan Faroush (Eron)

-63 kg:
1. Shahnoza Bozorova (O‘zbekiston)
2. Suhanobonu Shayx (Hindiston)
3. Zarnigor Odilova (O‘zbekiston)
3. Chia Lin Liu (Xitoy Taipeyi)

-78 kg:
1. Pokizaxon Kamoliddinova (O‘zbekiston)
2. Mereke Ayala (Qozog‘iston)
3. Sadoqat To‘rayeva (O‘zbekiston)
3. Chia Jing Kao (Xitoy Taypeyi)

Musobaqaning birinchi kunida ham o‘zbekistonlik polvonlar yuqori natijalarga erishishgandi.

Ko‘proq yangiliklar: