Tamagochi o‘yinchog‘ini ishlab chiqaruvchi uni yangi funksiyalar bilan boyitdi

Light 22:18 / 09.06.2019 6826

Bandai yapon kompaniyasi 90-yillarda mashhur bo‘lgan tamagochi o‘yinchog‘ining yangi avlodini namoyish etdi. Zamonaviy talqin Tamagotchi On deb nomlanadi: unda jonivorlar oila qurishi va ko‘payishi mumkin.

O‘yinchoqni Gizmodo nashriyoti jurnalistlari sinab ko‘rishdi. O‘yinning mohiyati o‘zgarmagan: foydalanuvchi jonivor haqida qayg‘urishi, ovqatlantirishi va sayrga olib chiqishi, davolashi va o‘lib qolmasligi uchun g‘amxo‘rlik qilishi kerak.

Tamagochi brelogining hajmi 2 dyuym o‘rniga 2,5 dyuymga ortdi. Qurilma ekrani endi oq-qora emas, rangli. Qurilmaning o‘zini smartfon yoki planshetga ulash mumkin.

Gadjetlarga ulash imkoniyati tufayli tamagochi o‘yinchilari bir-biri bilan hamkorlik qilishlari mumkin. Jonivorlarni boshqa qurilmaga ta'tilga yuborish, boshqa tamagochilar bilan oila qurgizish hamda ko‘paytirish mumkin.

Ishlab chiqaruvchining rasmiy saytida yangi tamagochi savdolarining startiga qadar teskari vaqt hisobi ishga tushirilgan. O‘yinchoq savdoga shu yilning iyul oyida chiqariladi.

Amazon’daTamagotchi On ga oldindan buyurtma xizmati ochilgan. Uning narxi 59,99 dollar.

Ko‘proq yangiliklar: