Mourino Braziliya termasiga bosh murabbiy bo‘lishi mumkin

Sport 09:20 / 09.06.2019 8153

«Inter», «Real», «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jamoalarining sobiq ustozi Joze Mourino murabbiylik faoliyatiga qaytishi mumkin.

Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (CBF) milliy jamoa Amerika Kubogida muvaffaqiyatsiz ishtirok etsa, bosh murabbiy Tite bilan xayrlashishi mumkin. 

A Bola xabariga ko‘ra, CBF 58 yoshli mutaxassis o‘rniga Joze Mourino nomzodini o‘rganib chiqmoqda. Agar «pentakampeonlar» o‘z uyida o‘tkaziladigan turnirda g‘alaba qozonolmasa, Tite iste'foga chiqariladi.

Avvalroq Joze Mourino milliy jamoada emas, klubda ishlash niyati borligini aytgan edi. Portugaliyalikning so‘nggi ish joyi hozircha «Manchester Yunayted» klubi bo‘lib turibdi. U 2018 yil dekabr oyida shu jamoadan iste'foga chiqarilgan edi.

Ko‘proq yangiliklar: