Mana bir oydirki, kartalarning emissiyasi boshlanganidan buyon, qariyb 100 ming kishi HUMO milliy to‘lovi tizimiga ulanganligi ma'lum bo‘ldi. Shu munosabat bilan Banklararo milliy protsessing markazi (BMPM) «Ipak Yo‘li» banki bilan hamkorlikda yubileyli mijozga maxsus bilaguzuk uskunani taqdim etdi.
7 iyun 2019 yil, Toshkent - 1-maydan hozirgi kunga qadar HUMO to‘lov tizimi kartalari 100 ming kishi tomonidan ochildi. Shu munosabat bilan MTT «Ipak Yo‘li» banki bilan birgalikda ushbu mijozga kontaksiz va pinsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi bilakuzuk uskunani taqdim etdilar. Baxtli fuqaro bankning Yakkasaroy tumani filialining mijozi Elvir Bekirov bo‘lib chiqdi.
Ushbu bilaguzuk uskuna muntazam ko‘rinishdagi bank kartasiga muqobildir, u HUMO kartalarining barcha afzalliklarini o‘zida saqlagan holda, faqatgina boshqa form-faktorga egadir. To‘lovni qo‘lni terminalga tekkizish orqali bilaguzuk uskunasi yordamida amalga oshirish mumkin. PIN kodni kiritish faqat xarid narxi 50 000 so‘mdan oshgandagina talab qilinadi.
«Biz innovatsion mahsulotlarni ilgari surishga o‘z hissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Maqsadimiz - kontaksiz texnologiyalardan foydalangan holda to‘lov jarayonining yangi bosqichini namoyish etishdir. Yaqin kelajakda o‘zingiz bilan bank kartasini olib yurishning hojati qolmaydi, chunki u bizlarga hozir tanilayotgan yangi moslamalar va qurilmalar bilan almashtiriladi: uyali telefondan tortib bilaguzukkacha. HUMO to‘lov tizimini tanlagan barcha foydalanuvchilarga bildirayotgan ishonchlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman va yubileyli karta egasini tabriklayman. Biz tez, xavfsiz va uzluksiz to‘lovlarni ta'minlash uchun ko‘p mehnat qilayapmiz va umid qilamanki, yaqin kelajakda HUMO’ning millioninchi karta egasini tabriklash fursati yetib keladi», - deydi BMPM direktori Shuhrat Qurbonov.
«Bankimiz HUMO to‘lov tizimi bilan faol hamkorlik qilmoqda: hozirda bank Toshkent va Toshkent viloyatida 5,5 mingga yaqin savdo terminallarini o‘rnatdi, ular ham kontaksiz to‘lovlarni qabul qilmoqda. Biz ushbu tizimda ishlaydigan qariyb 7 mingta to‘lov kartalarini chiqardik. HUMO kartasining yuz minginchi egasi aynan bizning bankimiz mijozi bo‘lib chiqqani bizni juda quvontirdi», - deydi «Ipak Yuli» banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Davron Mirtursunov.
«Men so‘nggi 12 yil davomida «Ipak Yuli» bankining mijozi bo‘lib kelmoqdaman va bank tomonidan taqdim etilayotgan barcha xizmatlardan faol foydalanaman. HUMO tizimining yangiliklarini ommaviy axborot vositalarida o‘qib chiqqanimdan so‘ng, uning kartalarini olishga qaror qildim. Mamlakatimizda kontaksiz to‘lovlarning paydo bo‘lishi, haqiqatan, katta yangilikdir. Men HUMO va «Ipak Yo‘li» bankiga e'tiborlari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman», - deydi «Ipak Yo‘li» bankining yubileyli mijozi Elvir Bekirov.
Xuddi shu kuni «Ipak Yo‘li» banki HUMO kartasidan tashqari mijozga VISA Platinum va UnionPay Gold kartalarini sovg‘a sifatida taqdim etdi.
Reklama huquqi asosida