Samsung Galaxy Note10’ning dizayni oshkor qilindi

Fan-texnika 01:08 / 07.06.2019 24948

Internetda Samsung’ning yangi flagman smartfoni Galaxy Note10’ning suratlari e'lon qilindi. Suratlarda qurilmaning dizayni to‘liq oshkor qilingan. 

Suratlarga ko‘ra, gadjet qirrali korpus oladi. Ekran yon tomonlardan dumaloqlangan bo‘ladi.

Qurilma old panelda old kamera o‘rnatilgan darchaga ega bo‘ladi. Ekranning diagonali 6,3 dyuymni tashkil qiladi. Qurilmaning Note10 Pro versiyasi esa 6,75 dyuymli ekran oladi.

Gadjet quloqchinlar uchun 3,5 mmli raz'yom olmaydi. Uning o‘rnini USB Type-C raz'yomi yoki simsiz quloqchinlar egallaydi.

Smartfon Snapdragon 855 yoki Exynos 9820 protsessorida ishlaydi: bu smartfon qaysi davlatda sotuvga chiqarilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: 91mobiles
Foto: 91mobiles
Foto: 91mobiles
Ko‘proq yangiliklar: