Piskent tumanini investitsion-eksport rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqiladi

Iqtisodiyot 08:20 / 06.06.2019 3984

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 4 iyundagi topshirig‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Investitsiya va tashqi savdo vazirligining rahbariyat va mas'ul xodimlari sanoat, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, infratuzilma va ijtimoiy sohani rivojlantirishni nazarda tutuvchi tumanning kompleks rivojlantirish Dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishda tuman rahbariyatiga amaliy yordam berish maqsadida Toshkent viloyatining Piskent tumaniga chiqishdi.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi PR markazi xabariga ko‘ra, tuman hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilish davomida tumanning dolzarb muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Ko‘zda tutilgan marralarga o‘z vaqtida erishilishini ta'minlovchi Piskent tumanini investitsion-eksport rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan topshiriq ijro uchun qabul qilindi.

Yig‘ilish yakunida vazirlik va mahalliy xokimlik organi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas'uliyatini oshirish orqali qisqa va o‘rta istiqboldagi vazifalari aniqlab berildi, deyiladi xabarda.

Mutasaddilarga 2019 yilning o‘zidayoq aholi hayotida bosqichma bosqich ijobiy o‘zgarishlarni, aholi punktlari qiyofasi o‘zgarishini, ish o‘rinlari soni tubdan oshishini, shuningdek Prezidentning beshta tashabbusini amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.

Ko‘proq yangiliklar: