Neymar Kopa Amerikada qatnashmaydi

Sport 11:24 / 06.06.2019 10836

Braziliya milliy jamoasi hujumchisi Neymar Kopa Amerikada qatnasha olmaydigan bo‘ldi.

Braziliya futbol konfederatsiyasi rasmiy saytida bildirilishicha, shifokorlar 27 yoshli futbolchining Qatarga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (2:0) olgan jarohati yetarlicha jiddiy, degan xulosaga kelishgan.

Kechagi bahsda asosiy tarkibda tushgan Neymar o‘ng oyog‘i to‘pig‘idan shikastlanib, 21-daqiqada Everton Soaresga almashtirilgan edi. Shundan so‘ng u zaxira o‘rindig‘ida o‘tirar ekan, ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi va tibbiy shtab xodimlari yordami bilan kiyim almashtirish xonasiga yo‘l oldi.

Ma'lum bo‘lishicha, u stadionni qo‘ltiqtayoqda tark etgan.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya 15 iyunda boshlanadigan Kopa Amerikaga tayyorlanmoqda. Musobaqa mamlakatning 5ta shahrida 7 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. Unda mezbonlar Boliviya, Venesuela va Peru bilan bir guruhdan joy olishgan.

Ko‘proq yangiliklar: