Forbes ro‘yxatidagi mashhurlar farzandlariga nimani o‘rgatishadi?

Light 14:10 / 06.06.2019 18876

Bolalarni qanday qilib to‘g‘ri tarbiyalash mumkin? Internetda tajribali ota-onalarning maslahatlari asosida yaratilgan minglab kitoblarni topasiz. Biroq oddiy o‘rtacha statistik bolani shakllantirishning nima keragi bor? Badavlat otalar farzandlari kamida o‘zlari kabi muvaffaqiyatga erishishi uchun nimalarni o‘rgatishayotgani haqida ma'lumot olish ancha qiziqroq.

Sayyoraning eng badavlat kishilari ro‘yxatini o‘rganib, butun dunyodagi mashhur korporatsiya vorislarini tarbiyalash borasidagi ayrim faktlarga oydinlik kiritdik. Balki ulardan ba'zilari sizga ham asqotar.

Rokfellerlar sulolasi, Rockefeller & Co boshqaruvchilari

Foto: SINA

Rokfellerlar oilasining eng qadimiy an'analaridan biri  - oilaviy uchrashuvlar. Bunday yig‘ilishlar yiliga ikki marta tashkil etiladi. Bitta xonada 100 dan ortiq odam to‘planadi. Bank sohasining yetuk vakillari sulolasida 21 yoshdan katta oila a'zolari uchun forumlar o‘tkazish ham odat tusiga kirgan. Ushbu tadbirlarda muhim masalalar, jumladan biznesga oid bo‘lganlari ham muhokama qilinadi.

Rotshildlar oilasi, N M Rothschild & Sons kompaniyasi egalari

Foto: © ASSOCIATED PRESS / East News

Bu suloladagi an'analar qonunlar to‘plamini yodga soladi. Masalan, biznesdagi muhim lavozimlarni faqat oila a'zolari egallashi mumkin, yollanma ishchilarga bunday vakolat berilmaydi. Ishga faqat erkaklar kirishishlari mumkin, bevosita merosxo‘rlar ham aynan ular sanaladi.  

Mari Shantal, Duty Free imperiyasi merosxo‘ri, va Gretsiya taxti shahzodasi Pavel

Foto: © mariechantal22 / Instagram

Mari Shantal bola tarbiyasida intizom muhim deb hisoblaydi. Dastlab darslar, keyin sayr, undan keyin esa uyga o‘z vaqtida qaytish kerak. Bolalar doim tartibli, ozoda ko‘rinishda bo‘lishi lozim. Tozalikka nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki xonalarda ham rioya etilishi muhim. Yosh millionerlar o‘z xonalarini o‘zlari tartibga keltirishlarini aytib o‘tish ham ortiqchalik qilmaydi.

Bill va Melinda Geyts

Foto: People

«Biz Melinda bilan katta pul o‘rniga bolalarimizning qobiliyatlarini kashf etishda yordam beradigan yaxshi ta'lim olishlari muhim deya qaror qildik. Ular ota-onasining milliardlariga ishonishlari emas, hayotdagi o‘rinlarini o‘zlari topishlari lozim”- deydi Bill Geyts intervyulardan birida. O‘zining barcha boyligini ota-onalar Bill va Melinda Geyts jamg‘armasiga o‘tkazishadi. Bu tibbiyotni rivojlantirish va qashshoqlikka qarshi kurashish bo‘yicha yirik kompaniya.

Jyeff Bezos, Amazon asoschisi, va uning sobiq rafiqasi, yozuvchi Makkenzi Bezos

Foto: © mackenziebez / Instagram

Bu juftlik bolalar va o‘zlarini har tomonlama rivojlantirishga intilishadi. Ular birgalikda yangi taomlar tayyorlashadi, fermada jo‘jalarning tuxumni ochib chiqish jarayonini kuzatishadi, singapurcha dastur bo‘yicha matematika bilan shug‘ullanishadi, ta'lim klublariga borishadi va qo‘shni bolalar bilan sport o‘yinlarini uyushtirishadi.

Mark Tsukerberg, The Facebook asoschisi va Prissilla Chan

Foto: © zuck / Instagram

Mark Tsukerberg farzandlarini o‘z ota-onasining uslubiga ko‘ra tarbiya qiladi. U bolani jismoniy jazolash mumkin emas, axir bolaga har doim nima yaxshi va nima yomonligini tushuntirishning iloji bor deb hisoblaydi. U kichkintoylarni o‘zlarini munosib tutishga o‘rgatadi, chunki jamiyatda amal qilinishi kerak bo‘lgan muayyan cheklovlar mavjud

Shuningdek, Mark va Prissilla bola har tomonlama rivojlanishi lozim deb hisoblashadi. To‘garak, kurslar bu – yaxshi, biroq bola o‘ynashi ham muhim.

Amansio Ortega, Zara do‘konlar tarmog‘i, Massimo Dutti va boshqa mass-market brendlariga egalik qiluvchi Inditex ispan kompaniyasi prezidenti

Foto: © ASSOCIATED PRESS / East news

U qizi Marta 18 yoshga to‘lib, kasb tanlashga to‘g‘ri kelganida uni Londondagi Bershka do‘koniga sotuvchi-maslahatchi qilib jo‘natdi. Keyin esa qiz Barselonadagi xaridlar bo‘limi xodimi va Shanxaydagi ishlab chiqarish tarmog‘ida xodim bo‘ldi. Korporatsiya faoliyatining eng quyi pog‘onasidan boshlab barcha jihatlarini o‘rgangach, Marta Inditex kompaniyasi boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. Aytgancha, Marta brendning yagona merosxo‘ri hisoblanadi.

Antuan Arno, LVMH kompaniyasi merosxo‘ri va Natalya Vodyanova

Foto: © natasupernova / Instagram

Bu badavlat ota-onalar poliglotlarni tarbiyalashmoqda. Dastlabki uch farzandning ona tilisi – ingliz tili, kichik Maksim Fransiyada tug‘ilgani sabab,  ilk so‘zlarini fransuz tilida talaffuz qilgan. Arno oilasining barcha a'zolari ana shu tilda so‘zlaydi, chunki ular Parijda yashab, mahalliy maktabda o‘qishadi. Biroq bu bolalarga ruscha nutqni ham a'lo darajada tushunishda xalaqit qilmaydi. Chunki Natalya bolalar ota-onalarining ona tillarini bilishi lozim deb hisoblaydi.

Fransua-Anri Pino, Kering xoldingi ijrochi direktori (Alexander McQueen, Balenciaga, Gucci, Puma brendlarini birlashtiradi) va Salma Xayyek

Foto: © ASSOCIATED PRESS / East news

Yulduz ona Salma Xayyek va uning turmush o‘rtog‘i farzandlarga hayotni bezaklarsiz ko‘rsatish istagidagi mashhurlardan.

Aktrisa qizini yangi hodisalar bilan tanishtirish maqsadida uchinchi dunyo mamlakatlariga sayohat qilishni rejalashtirmoqda. Shu tariqa Salma farzandiga hayot juda murakkab bo‘lishi va ko‘pincha Gollivudda kuzatilganidan ancha farq qilishini tushuntiradi.

Uorren Baffett, Berkshire Hathaway rahbari

Foto: Getty Images

Uorren bolani pul yordamida boshqarish, ularni o‘zlari istamagan sohada ishlashga majbur qilish mumkin emas deb hisoblaydi. Bolaga o‘zi qiziqqan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish imkonini bering. Ana o‘shanda uning iste'dodiga guvoh bo‘lasiz.

Larri Ellison, Oracle asoschisi

Foto: © megan_e_ellison / Instagram

“Farzandlarim katta pulning ijobiy va salbiy jihatlarini qancha erta anglasa, shuncha yaxshi”, - deydi Ellison Metyu Softwar kitobi muallifiga.

Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, badavlat kishilar ham o‘z farzandlarida yetakchilik, mustaqillik kabi ko‘nikmalarni shakllantirishga harakat qilishadi. Buning uchun esa o‘zlarida bor bilim va tajribalarini farzandlari bilan o‘rtoqlashadilar.

Ko‘proq yangiliklar: