5G tatbiq etilishi tufayli sinoptiklar uchun ob-havoni aniq aytib berish qiyin bo‘ladi

Fan-texnika 13:50 / 06.06.2019 6829

Ob-havo ko‘rsatkichi sinoptiklar aytganidek bo‘lmasa, bu holat ko‘pincha hazillarga sabab bo‘ladi. Biroq har qanday prognoz – bir qarashda ko‘ringani kabi oson emas, deya xabar bermoqda travelask.ru. So‘nggi o‘n yillikda murakkab kompyuter dasturlari, takomillashtirilgan meteoqurilmalar meteorologlarga yordamga keldi. Biroq butun dunyoda ommaviy tarzda tatbiq etilayotgan 5G aloqa tizimi bu vaziyatda ayrim noqulayliklarni yuzaga keltirmoqda.

Foto: TravelAsk

5G aloqa tizimi – mukammal mobil aloqaga o‘tishdagi navbatdagi bosqich. U avvalgi 4G tizimi bilan taqqoslanganida yuqori o‘tkazish qobiliyati va tezlikka ega. Mazkur texnologiya bir qator muvaffaqiyatli testlardan o‘tdi. Yangi standart tizimi AQSh, Janubiy Koreya va Shveytsariyaning ayrim hududlarida ishlamoqda. Biroq salomatlikka tahdidi borasidagi bahsli holatlar ham kuzatildi. Chunki 5G ta'siri ostida organizmda o‘zgarishlar yuz berishini tasdiqlagan ayrim tadqiqot natijalari mavjud. Masalan, inson organizmi faoliyatiga salbiy ta'siri xavfi tufayli Shveytsariya kantonlaridan birida u ta'qiqlangan.

Biroq 5G’ning joriy etilishi nafaqat inson salomatligi, balki meteokuzatuvlar tizimi va ob-havoni aytib berilishiga ham ta'sir qilishi aytilmoqda.NASA mutaxassislarining qayd etishicha, 5G tizimi uzatkichlari meteoqurilmalar ishiga xalal berishi, oxir-oqibat, ob-havo prognozlari sifatiga ta'sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning xulosalari ham tasalli bermaydi: prognozlarning aniqligi 30 foizga kamayadi. Gap shundaki, meteoprognozda ishtirok etadigan muhim belgilardan biri 5G tizimi ishiga yaqin chastotada qayd etiladi. Shunga qaramay, meteorologlarda vaqtinchalik ustuvorlik mavjud: ular kerakli chastotani ancha oldin egallab bo‘lishgan, biroq ayrim mamlakatlarda aloqa operatorlari foydasiga bahsli kengliklarni qo‘llashni nazorat qilish tamoyillari o‘tkazilgan.

Foto: TravelAsk

Yuzaga kelgan sharoitlardan kelib chiqib, olimlar xavfli atmosfera jarayonlarini prognozlash tizimida vaziyat salbiy tus olishidan xavotirga tushishmoqda. Afsuski, bu holat tobora yomonlasha boradi, chunki operatorlar meteorologlarni odatiy chastota va qurilma turlarisiz qoldirib, boshqa chastotalarni ham asta-sekin egallab olishadi.

Ko‘proq yangiliklar: