Soxta hujjat bilan qariyb 750 mln so‘m bojxona imtiyoziga ega bo‘lgan tadbirkor aniqlandi

Jamiyat 11:11 / 05.06.2019 11618

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchqo‘rg‘on tumani (Namangan viloyati) bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Bu haqda mahkama matbuot xizmati xabar bermoqda.

Unda fuqaro B.Ya. qarindoshi N.M. nomiga “Ya.T.” xususiy korxonasini tashkil etib, korxonani norasmiy ravishda boshqarib kelib, Xitoy Xalq Respublikasidan 21,6 ming AQSh dollarlik tikuvchilik xomashyolari va mahsulotlarini import qilib, bojxona organlariga “tikuvchilik sexi” tashkil qilganligi haqida soxta ma'lumotlar taqdim etib, 742,2 mln. so‘m bojxona imtiyozlarini olishga erishib, import qilingan mahsulotlarni ishlab chiqarish faoliyatiga yo‘naltirmasdan, 171,6 mln. so‘mlik mahsulotlarni sotib yuborganligi aniqlangan.

Bundan tashqari, B.Ya. amalga oshirilgan tovar aylanmalarini hisobotlardan yashirish va davlat budjetiga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lamaslik maqsadida “Ya.T.” xususiy korxonasini o‘zi rahbarlik qiladigan “F” xususiy korxonasiga qo‘shib yuborish (birlashtirish) orqali tugatib yuborganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan B.Ya. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: