Maradona APL grandini boshqarishga tayyorligini aytdi

Sport 07:57 / 05.06.2019 8583

Argentina futboli yulduzi Diyego Maradona «Manchester Yunayted» klubini Yevropa futboli cho‘qqisiga qaytara olishiga ishonmoqda.

«Manchester Yunayted» hozir nima bilan shug‘ullanmoqda? Futbolka sotib foyda olyapti. Aslida yana sovrinlarni qo‘lga kiritishni boshlashi lozim. Agar ularga murabbiy kerak bo‘lsa, mana men borman. Aleks Fergyuson davrida ularda ajoyib jamoa bor edi. Hozirgi futbolchilardan menga Ander Errera yoqadi. Pogba? U juda yalqov», - deb Maradona so‘zlarini keltirmoqda Goal. 

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Diyego Maradona Meksikaning «Dorados» klubini boshqaryapti. O‘tgan mavsumda uning jamoasi Meksika yuqori ligasiga chiqolmagan edi.

Ko‘proq yangiliklar: