Yog‘ to‘planishi uchun javob beradigan 6 ta semizlik gormonlari: ularni “o‘chirib qo‘yish” mumkin

Light 17:34 / 01.06.2019 36031

Erkaklar ayollarga qaraganda tezroq ozishadi. Bu fakt parhezshunoslar tomonidan isbotlanganiga ancha bo‘lgan. Yillar davomida o‘zingizni parhezlar bilan holsizlantirishingiz, sport zalida soatlab ter to‘kishingiz mumkin, biroq natija sezilarli bo‘lmaydi. Nima uchun ayrim kishilar tez ozishadi, boshqalarda esa bu jarayon muvaffaqiyatsiz kechadi? Ehtimol, bunga gormonlar aybdordir.

Foto: Depositphotos

Gormonlarning ta'siri

«Kamroq iste'mol qil – ko‘proq sarfla» odati qisman to‘g‘ri. Ortiqcha vaznning asosiy sababi – moddalar almashinuvi va gormonal muvozanatning buzilishi. Ozishni boshlashdan avval bajarilishi kerak bo‘lgan narsa – endokrinologga murojaat etish.

Bugun «bir deganda» ayollarning oza olmasligida qaysi gormonlar aybdorligi va ortiqcha yeyish – xavfli belgi ekani haqida hikoya qiladi. Maqola oxirida esa endokrin patalogiyani istisno qilish topshirish kerak bo‘lgan 10 ta tahlil haqida ham ma'lumot mavjud.

Leptin

Bu gormon ishtahani nazorat qiladi va quvvat almashinuvi uchun javob beradi. Uni to‘yish va semizlikning asosiy gormoni deb atashadi. Leptinning past ko‘rsatkichi ishtaha ortishini chaqiradi va semizlikka olib boradi. Agar organizm hujayralarida yog‘lar ko‘p bo‘lsa – leptin darajasi ortadi. Shu tariqa miyaga «Yeyishni bas qil!» buyrug‘i yuboriladi. Biroq leptinning ortiqchaligi tromboz xavfini yuzaga keltiradi.

Grelin

Oshqozon-ichak tizimida ishlab chiqariladi va ochlik hissini uyg‘otadi. Grelin asab tizimini qo‘zg‘atadi va yurak qon-tomir tizimini himoya qiladi. Agar tez-tez tamaddi qilsangiz, grelin darajasi past bo‘ladi. Biroq xavotirlilik va depressiya zo‘riqishi ortadi. Ovqat bo‘lmaganda gormonning yuqori ko‘rsatkichi xavotirni pasaytiradi. Boshi va oxiri yo‘q aylana yuzaga keladi – parhezdan keyin ishtaha karnay bo‘ladi.

Shuning uchun kuniga 4-5 martadan ortiq ovqatlanmaslik kerak. Ulardan 2 tasi yengil tamaddi bo‘lishi lozim. Nonushtaga alohida e'tibor qaratilishi shart.

Estrogen va progesteron

Ayollarning jinsiy gormonlari 45 yoshdan keyin, ayollarda menopauza boshlanganida o‘zini ko‘rsatadi. Estrogenning past darajasi qorin sohasida yog‘ hujayralari to‘planishiga hissa qo‘shadi. Progesteronning past darajasi organizmni ko‘proq suyuqlik to‘plashga majbur qiladi. O‘z-o‘zidan tana o‘lchami ortib boradi.

Testosteron

Menstural siklning o‘zgarishi va tuxumlarning polikistozi ayrim hollarda testosteronning yuqori ko‘rsatkichi sababli yuzaga keladi. Bu vaznning nazoratsiz ortib borishi, yuzda tuklar, husnbuzarlarning paydo bo‘lishi va bepushtlikka olib keladi. Menopauza vaqtida testosteronning past darajasi moddalar almashinuvi sur'atini pasaytiradi, bu esa semizlikning sabablaridan biriga aylanadi.

Insulin

Oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariladigan yog‘larni parchalaydigan fermentlar faoliyatini bosib, yog‘ almashinuvida muhim vazifani bajaradi. Insulin yog‘ to‘qimasida ortiqcha shakar ishlab chiqarilishiga hissa qo‘shadi. Agar shirinlikni xush ko‘rsangiz, bilingki, o‘ta ko‘p miqdorda iste'mol qilish insulin ko‘rsatkichini keskin oshiradi, oqibatda, qorin atrofida ortiqcha kilogramm paydo bo‘ladi.

Tireoidli gormonlar

Qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlar vazn to‘planishiga olib kelishi mumkin. Tireoidli gormonlar yog‘larni parchalashda faollikni oshiradigan modda sanaladi. Gormonlar past darajada bo‘lganida gipotireoz kasalligi yuzaga keladi. Kasallik yog‘lar to‘planishi bilan kuchayadi va semirish bilan kechadi. Gipertireozda esa ozib ketish yuz beradi.

Somatotropin

Somatotropin — o‘sish gormoni, u ozishga hissa qo‘shadi. Normada mazkur gormon hujayralar tomonidan yog‘lar ajratilishi va ularning erishini faollashtiradi.Somatotropinning past darajasi esa organizmdagi barcha jarayonlarni sekinlashtiradi.

Kortizol

U zo‘riqish gormoni deb ataladi. Uning ortiqcha ajratilishining asosiy sababi – zo‘riqish va uyquning yetishmasligi. Kortizolning ortiqcha darajasi ishtahani kuchaytiradi. Muammoni yengish uchun ko‘pchilik ayollar uni «ovqat bilan yeyishadi» va yengillikni his etishadi. Doimiy ravishda ruhiyatni shikastlaydigan vaziyatlarga tushib qoladiganlar ortiqcha yeyishmasa ham semirishadi.  Bu asabiy zo‘riqish vaqtidagi metabolizmning buzilishi bilan bog‘liq.

Endokrin kasalliklar, qandli diabet, jinsiy gormonlar darajasining ortishi vaznning nazoratsiz ortishi bilan chambarchas bog‘liq. Patologiyani aniqlash va istisno qilish uchun maxsus laboratoriya tadqiqotidan o‘tish kerak. Quyida xavfli kasalliklarni ilk bosqichlarda aniqlash va to‘xtatish imkonini beradigan tahlillar ro‘yxati ko‘rsatilgan.

Vazn tashlay olmaganingizda o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tahlillar

  1. Qalqonsimon bez gormonlari: tiroksin (T4) i triyodtironin (T3)
  2. Tireotropli gormon (TTG)
  3. Qondagi glyukoza ko‘rsatkichi
  4. Glikirovan gemoglobin
  5. Insulin va S-peptid
  6. Glyukozotolerantli test
  7. Estradiol ko‘rsatkichi
  8. Kortizol ko‘rsatkichi
  9. Testosteron ko‘rsatkichi
  10. Follikulani qo‘zg‘atadigan va lyuteinizatsiya qiladigan gormonlar

Ayollarning murakkab organizmi har doim gormonlar hukmi ostida bo‘ladi. 70 foiz holatlarda gormonal muvozanatning buzilishi ortiqcha vaznning sababiga aylanadi. Ovqatlanishni cheklash, mashqlar zaliga borishdan oldin ko‘rikdan o‘tishga dangasalik qilmang. Ayrim hollarda bir necha kilogramm ortiqcha vazn putur yetkazilgan salomatlikka qaraganda yaxshiroq.

Siz bu borada qanday fikrdasiz? Ehtimol, biroz to‘lishganlik uchun xavotirlanmaslik kerakdir. Axir o‘zini qanday tutish, gapirish, tashqi ko‘rinish - har bir ayolning shaxsiy ishi.

Har qanday holatda ham o‘zingizni boringizcha seving!

Ko‘proq yangiliklar: