Yaponiyada sun'iy marvaridlar qanday yetishtiriladi?

Light 11:34 / 01.06.2019 4158

Bir necha asrlar muqaddam marvarid juda qimmat edi. Marvaridni barcha mollyuskalardan ham topib bo‘lmasdi, u o‘ntadan bittasida uchrardi. Marvaridning o‘sishi uchun ham ko‘p vaqt talab etilardi. Keyinchalik xitoyliklar chig‘anoqqa tashqi jism solib qo‘yilsa, mollyuskalar uni marvaridga aylantirishining guvohi bo‘lishdi. Marvarid yetishtirish ana shu tarzda boshlandi. Biroq bir necha asrlardan keyingina Yaponiyada u juda keng masshtabga yetkazildi. Aynan bu yerda 20 tonnaga yaqin marvarid yetishtiriladi. Bugun yaponlar mazkur sohada yetakchi o‘rinlarni egallab kelishmoqda. Travelask.ru tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlar ana shu haqida.

Foto: TravelAsk

Ago-Bey qo‘ltig‘idagi Sakaguchi Akoya marvarid fermasi. Bu marvarid yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi Sakaguti oilasining uchinchi avlodi. Ularning marvarid donalari diametri 3 millimetrdan 1 santimetrgacha yetadi.

Foto: TravelAsk

Aynan shu yerda ilk marta sun'iy marvarid yetishtirishni boshlashgan. Keyinchalik amaliyot butun dunyoga tarqaldi. 1893 yilda mahalliy aholi vakillaridan biri chig‘anoqqa tashqi jismni sun'iy tarzda kiritdi. Umuman olganda, bari xuddi tabiatdagi kabi: qum zarrasi marvarid cho‘ntagiga tushadi, keyin esa mo‘jiza yuz beradi.

Foto: TravelAsk

Fermer ustritsali to‘rni olmoqda. Yana o‘n yil o‘tgach ideal darajadagi dumaloq marvaridlarni yetishtirish uchun mazkur usul takomillashtirildi.

Foto: TravelAsk

Dastlab Sakaguchi Akoya mahsulotini bachkana deb hisoblashdi, biroq vaqt o‘tishi bilan uning mashhurligi tobora ortdi.

Foto: TravelAsk

Fermerlar ustritsaga yadroni joylashtirishmoqda. Odatda mollyuskadan olingan sharcha va boshqa ustritsaning donorlik qobig‘i yadro sifatida qo‘llaniladi. Ana endi ish boshlanadi: bir necha oy davomida ustritsa tirishqoqlik bilan sadaf ajratadi va tashqi jismni «yashiradi».

Foto: TravelAsk

Ago-Bey qo‘ltig‘idagi mollyuskali to‘r.

Foto: TravelAsk

Marvaridni ko‘rfazda suv sovuq bo‘lganida, dekabr oyida yig‘ib olinadi.

Foto: TravelAsk

Yig‘ib olingach, sun'iy marvarid saralanadi. Ustritsaning bor-yo‘g‘i 5 foizi ishlab chiqarishga yuboriladigan ideal marvaridni yetishtirib beradi. Ayrim ustritsalarda esa umuman hech narsa hosil bo‘lmaydi.

Foto: TravelAsk

Ustritsalarni tozalash.

Foto: TravelAsk

So‘nggi o‘n yil ichida Yaponiyada 20 tonna marvarid yetishtirilgan. Bu taxminan 150 million dollarga teng. 2027 yilga kelib yaponlar ko‘rsatkichni 180 million dollarga yetkazishni rejalashtirishgan. Biroq bu o‘tmishdagi ko‘rsatkichlarga qaraganda ancha past. 1980-yillarda Yaponiya umumiy qiymati taxminan 800 million dollarga teng bo‘lgan 70 tonna marvarid yetishtirgan.

Foto: TravelAsk

Sakaguchi Akoya fermasidagi ustritsadagi marvarid.

Foto: TravelAsk

Yaponiyada marvariddan yasalgan buyumlar oilaviy yodgorlik hisoblanib, avloddan avlodga meros qilib qoldiriladi. An'ana tarzida marvaridli taqinchoqlar to‘ydan oldin kelinga sovg‘a qilinadi. Aynan ular – yapon kelinlarining asosiy aksessuarlaridan biridir.

Foto: TravelAsk
Ko‘proq yangiliklar: