Tun uchun 5 ta maslahat: Qorin dam bo‘lmaydi va vazn yo‘qotiladi

Light 14:58 / 01.06.2019 22938

U har kuni tobora xushbichim va jozibador bo‘lishda yordam beradi demoqda Lifehacker.ru

Foto: Pexels

Natriy kam bo‘lgan parhezga amal qiling

«Agar tongda o‘zingizni shishgan shar kabi his etishni istamasangiz, kechki ovqat vaqtida tuzdan voz keching», - deya maslahat beradi amerikalik parhezshunos Keri Gans. Ortiqcha tuz organizmda suvni to‘playdi va qorin dam bo‘lishi hamda oyoqlardagi shishlarga olib keladi. Yaxshisi, savzavotlarni bug‘da tayyorlagan yoki go‘shtni tuz yoki ziravorlarsiz pishirgan ma'qul.

Ertangi tushlikni bugun tayyorlang

Qahvaxonadagi odatiy tamaddida bir o‘tirishda yeyish kerak bo‘lgan kaloriya ikki hissa ko‘proq. Shuning uchun tushlik uchun yegulikni uydan olib ketgan ma'qul. Uni tayyorlashni erta tongga qoldirmang. Bu ish bilan bir kun oldin, kechki payt shug‘ullanishni odatga aylantiring.

Ko‘proq suv iching

Suv barcha organlar faoliyatini normallashtiradi va ishtahani bo‘g‘adi. Turli yosh vakillari ishtirok etgan tadqiqotlar ovqatdan avval ichilgan suv iste'mol qilinadigan yegulik miqdorini kamaytirishini ko‘rsatgan. Bu esa vaznning kamayishiga olib keladi. Biroq oy yorug‘ida hojatxonaga chiqib, bezovta bo‘lmaslik uchun uxlashdan oldin ko‘p suv ichmaslik kerak.Keri Gans uyqudan hech bo‘lmaganda bir soat oldin suv ichishni to‘xtatishni maslahat beradi.

Qorong‘i joyda uxlang

Qorong‘ida organizm melatonin ishlab chiqaradi. Bu gormonni odatda miriqib uxlashga aloqador deb hisoblashadi. Uning yetishmovchiligi esa vazn ortishiga sabab bo‘ladi.

Salqin joyda dam oling

Uyqu vaqtida ko‘proq kaloriya sarflash juda yaxshi g‘oya. AQSh Biotexnologik axborot milliy markazi tadqiqotlari ajoyib faktni aniqlagan: 18 daraja iliq haroratda uxlaganlar 24 daraja iliq haroratdagi xonada uxlaganlarga qaraganda 7 foizga ko‘proq kaloriya sarflashgan. Bu albatta juda katta ko‘rsatkich emas. Biroq axir aytishadi-ku: qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.

Ko‘proq yangiliklar: