O‘zbek palovi Qozonni zabt etdi

Light 20:25 / 01.06.2019 17353

O‘zbekistonning Qozon shahridagi bosh konsuli Fariddin Nasriyev "Tatarstan" nashrining "Tahririyat oshxonasi"da samarqandcha palov tayyorladi.

Diplomat ushbu milliy taom respublikaning har bir viloyatida o‘ziga xos usulda tayyorlanishini va uni tayyorlashning yuzlab usullari mavjud ekanligini aytdi.

Foto: TATARSTAN

"O‘zim qadimiy Samarqand shahridan bo‘lganligim uchun samarqandcha palovni yoqtiraman. Uyda bu taomni tez-tez tayyorlaymiz", - dedi Nasriyev.

Foto: TATARSTAN

Palov tayyorlash jarayonida bosh konsul Rossiya prezidenti Vladimir Putinning 2018 yil oktyabrdagi O‘zbekistonga amalga oshirgan tashrifi haqida ham so‘zladi.

"Umumiy qiymati 27 mlrd dollardan ortiq kelishuvlar imzolandi. Tashrif doirasida birinchi Rossiya-O‘zbekiston mintaqalararo forumi o‘tkazildi", - dedi u.

Fariddin Nasriyev Tatariston prezidenti Rustam Minnixanov hamda Tatariston hukumatiga ushbu forumda faol ishtirok etganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Foto: TATARSTAN
Ko‘proq yangiliklar: