Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanidagi omborxonada yirik yong‘in yuz berdi

Foto: FVV YoXBB matbuot xizmati
2019 yilning 31 may kuni soat 02:50da Toshkent shahar YoXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Toshkent shahar Olmazor tumani Usta Shirin ko‘chasi 117-uyda joylashgan MChJ hududida ijarada bo‘lgan boshqa MChJga qarashli omborxonada yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.
O‘zbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi ma'lumotiga ko‘ra, xabar asosida yong‘in joyiga zudlikda 8 ta asosiy va 1 maxsus yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rsatilgan manzilga bo‘linmalar 4 daqiqada yetib borgan vaqtida suv isitish qozonlari va jihozlarini saqlash omborxonasi ochiq alanga aralash quyuq tutun bilan yonayotganligi ma'lum bo‘lgan.

Ko‘rilgan chora va tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 04:03da qurshab olinib, soat 04:26da to‘liq bartaraf etilgan. Yong‘in oqibatda MChJga qarashli omborxonaning 500 kv.m. maydonda tomi va ichki qismi hamda unda saqlanayotgan jihozlari yonib zararlangan. Tan jarohati olganlar va halok bo‘lganlar yo‘q. Yong‘indan binolarning 500 kv.metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshlig‘i intizomiy javobgarlikka tortildi
O‘zbekiston | 09:55
-
YeI va Xitoy iqlim bo‘yicha yaqinroq hamkorlik qilmoqchi
Jahon | 09:54
-
"Markaziy Osiyo – Markaziy Amerika" ekspertlar platformasi yaratiladi
O‘zbekiston | 09:22
-
Zarema Musayevaga yangi ish bo‘yicha 4 yil qamoq so‘raldi
Jahon | 09:08
Mavzuga oid

07:28 / 21.07.2025
Olmazor tumanidagi omborxonadan havoga vodorod peroksidi tarqaldi

22:03 / 13.06.2025
Ko‘r-ko‘rona tergov va prokurorning yolg‘oni: Olmazorda ayol kamida 80 kundan beri asossiz hibsda o‘tiribdi

19:49 / 19.05.2025
«Talabalar festivali» o‘tkazilishi sabab Olmazor tumanidagi ko‘cha vaqtincha yopiladi

08:44 / 08.04.2025