Water Seer: havodan suv olish imkonini beradigan qurilma

Light 23:23 / 30.05.2019 5724

Xalqaro va xayriya tashkilotlarining barcha sa'y-harakatlariga qaramay, Afrika hamda Osiyoning aholisi zich joylashgan ko‘plab mamlakatlarida sifatli ichimlik suvini olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan odamlar hali ham bor.  Bu holat qisman ushbu mamlakatlardagi hayot tarzining past darajasi va davomli qurg‘oqchilikka olib keladigan iqlimning o‘zgaruvchanligiga bog‘liq. Aynan shu sababli turli mamlakatlardagi muhandislar rivojlanayotgan mamlakatlardagi suv muammolarini yechish bo‘yicha qiziqarli yechimlarni muntazam taklif etishmoqda. Water Seer nomli navbatdagi qurilma havodan suv olish imkonini beradi.

Foto: TravelAsk

Bir necha muhandislik jamoalarining xalqaro mahsuloti sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi. Qurilmaning ishlash tamoyili havoda suv bug‘lari bo‘lishiga asoslangan. Keyin esa muhandislar kondensat hosil bo‘lishi, shu tariqa toza suv olish uchun haroratdagi farqni qo‘llashni taklif etishdi.  

Foto: TravelAsk

Water Seer quyi qismi yer ostida joylashgan, yuqori qismi esa shamol dvigateli bilan jihozlangan. Parraklar aylanib, havoni pastga tortadi, shu tariqa doimiy sovushni yuzaga keltiradi, chunki qurilmaning quyi qismi 2 metrga yaqin chuqurlikda joylashgan. Yer ostida yer yuzasidagiga qaraganda ancha salqinroq. Shu sababli idish devorida pastga oqib tushadigan kondensat hosil bo‘ladi. Havodan hosil bo‘lgan suvni oddiy qo‘l nasosi bilan tortib olish mumkin. Ishlab chiquvchi mutaxassislar ana shunday bitta qurilma kuniga 40 litrga yaqin toza ichimlik suvini ishlab chiqara oladi.

Ko‘proq yangiliklar: