Quyosh tizimining “nomsiz” eng yirik obektiga nom tanlandi

Light 23:42 / 30.05.2019 8180

Quyosh tizimining “nomsiz” eng yirik obekti 2007 OR10 xitoy suv ilohi Gungun nomiga ataladigan bo‘ldi. Bu haqda samo jismini birinchilardan ochgan astronom Maykl Braun ma'lum qildi.

Samo jismiga nom internetda ovoz berish yo‘li bilan uchta nom ichidan tanlangan. 

“Biz ommaning e'tiboridan hayratlandik – ovoz berishda umumiy hisobda 280 mingdan ko‘proq odam ishtirok etdi. Dastlab unda Vili yetakchilik qildi, so‘ngra Gungun oldinga chiqib oldi. O‘ylashimcha, bu mos tanlovdir – ushbu iloh toshqinlar va Yer orbitasini “tebratishni” ifodalagan”, deb aytgan Gavayi orollaridagi Jyemini observatoriyasi olimi Megan Shuomb.

Ushbu kichik sayyora 2007 yilda aynan Shvomb va Braun tomonidan kashf qilingan. Uzoq vaqt davomida olimlar uni Plutonning oddiy bir kichik “qo‘shnisi” deb hisoblab kelishgan. Unga qiziqish 3 yil avval, diametri avval hisoblangandan 300 km ga kattaroq ekanligi aniqlangandan keyin qayta yuzaga kelgan. Bundan tashqari, diametri 1600 kmni tashkil qiladigan ushbu samo jismining diametri 250 kmga yaqinni tashkil qiladigan yo‘ldoshi borligi ham aniqlangan.

Yaqin orada olimlar Xalqaro astronomiya ittifoqiga 2007 OR10’ga Gungun nomi berilishi so‘ralgan rasmiy so‘rov yo‘llashadi.

Ko‘proq yangiliklar: