Oziq-ovqatlar haqidagi 8 ta g‘aroyib fakt

Light 23:37 / 30.05.2019 17795

Oziq-ovqatlar hayotimizning muhim va ajralmas qismi. Ular haqida ko‘proq bilish foydali bo‘lishi aniq.

Foto: Fresh Plaza

Olmalar faqat biz ko‘nikkan sariq, yashil va qizil ranglarda bo‘lmaydi. Uning qora ranglisi ham bor. Aslida bu rang to‘q siyohrangga yaqin. «Qora olmos» navli bu meva faqat bir joyda – Tibet tog‘larida o‘sadi. U ko‘p miqdordagi ultrabinafsha ta'sirida, shuning uchun ham olmaning po‘sti ana shunday to‘q rangda.

Qulupnay mevasi biz tasavvur qilgan narsa emas. Qizil lahm qismi urug‘ni tashish va tarqatish vazifasini bajaradi. Aynan u o‘simlik mevasi hisoblanadi.

Foto: Adme

Laym suvda cho‘kadi, va limon esa suv yuzasiga chiqadi. Bu mevalarning turli zichlikka egaligi tufayli sodir bo‘ladi. Yana bir qiziq fakt: limon terisida o‘zini havo cho‘ntaklari kabi tutadigan nuqtalar bor. Aynan shuning uchun ham limon cho‘kmaydi.

Oq shokoladni shokolad deb atash u qadar to‘g‘ri emas. Unda an'anaviy shirinlikka xos bo‘lgan kakao dukkaklari mavjud emas. Oq shokolad shakar, kakao moyi (aynan u oq rang beradi), letsitin, sut mahsulotlari, vanil ekstraktidan tayyorlanadi.

Foto: Reddit

Coca-Cola Clear ichimligi noodatiy shaffof rangga ega. Mahsulot yapon bozori uchun ishlab chiqarilgan. Ichimlikdan karamel olib tashlanib, o‘rniga limon qo‘shilgan.

Ko‘plab yillar muqaddam sabzi olovrang bo‘lmagan. Uning hozirgi rangi – mutatsiya natijasi. Taxminan o‘n asr muqaddam ildizmeva oq va siyohrang bo‘lgan. Aytgancha, hozir ham o‘tmish ranglarini takrorlovchi sabzi navlari mavjud. To‘g‘ri, uni olovrang sabzavot kabi hamma yerda uchratishning iloji yo‘q.

Foto: Adme

Banan ishlab chiqaruvchilar uning bir shingilini «qo‘l» deb atashadi. Chunki u odatda 5-6 mevadan iborat bo‘ladi. Bitta banan nima deb atalishini topish mushkul emas. U barmoq deb yuritiladi.

Losos yemishining katta qismini tashkil etuvchi krevetkalar sabab pushti rangda. Shuning uchun tutqunlikda yetishtirilgan va do‘kon peshtaxtalarida sotiladigan losos sun'iy qizil rangga ega. Uning ozuqasiga karotinoid – o‘simlik bo‘yoqlari qo‘shiladi. Farqni esa ushbu suratda ko‘rish mumkin.

Siz ham oziq-ovqatlar haqida qiziqarli faktlarni bilasizmi? Izohlarda ular bilan o‘rtoqlashishni unutmang!

Ko‘proq yangiliklar: