Forbes dunyoning eng qimmat futbol klublari nomini e'lon qildi

Sport 14:46 / 30.05.2019 18386

Madridning «Real» klubi ikki yillik tanaffusdan so‘ng jahonning eng qimmat futbol klublari reytingida birinchi o‘ringa qaytdi. Forbes jurnalining yozishicha, Ispaniya jamoasining qiymati 4%ga o‘sib, 4,24 mlrd dollarga yetgan.

Milliy chempionatda g‘olib bo‘lgan «Barselona» 4,02 mlrd dollar qiymat bilan reytingda ikkinchi bo‘ldi.

O‘tgan yili aksiyalari yuqori darajaga yetgan «Manchester Yunayted» uchinchi o‘rinda joylashdi. Uning narxi 3,81 mlrd dollarni tashkil etdi.

Germaniya chempioni — Myunxenning «Bavariya»si to‘rtinchi (3,02 mlrd dollar), Italiya chempioni «Yuventus» 10-, Fransiya chempioni PSJ 11-o‘rindan joy oldi.

Dastlabki yigirmatalikda Angliya premer-ligasi vakillari ko‘pchilikni tashkil etadi. Ro‘yxatda «Manchester Yunayted» bilan birga «Manchester Siti» (5-o‘rin), «Chelsi» (6-o‘rin), «Arsenal» (7-o‘rin), «Liverpul» va «Tottenxem» (8- va 9-o‘rinlar), «Vest Xem» (17-o‘rin), «Everton» (19-o‘rin) va «Nyukasl Yunayted» (20-o‘rin) bor.

Ko‘proq yangiliklar: