Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baliq moyi nimasi bilan foydali va u qachon zararli bo‘ladi?
Baliq moyi uzoq vaqt davomida sehrli dori hisoblangan. Bu bejiz emas.

Baliq moyining foydasi nimada?
Baliq moyida 30 foizgacha omega-3 bo‘ladi. Bu yog‘li kislotalarning o‘rnini hech narsa bosolmaydi: ular organizm uchun zarur, biroq u mazkur kislotalarni mustaqil sintez qilolmaydi. Shuning uchun uni ovqatdan olishi lozim.
Aynan shuning uchun ham omega-3 kislotalari yurak qon-tomir kasalliklarini profilaktika qilish va davolash bo‘yicha xalqaro tibbiy tavsiyalarga kiritilgan. Bu amerikaliklarning baliq yog‘i uchun yiliga milliard dollardan ortiq pul sarflashining sabablaridan biri.
Baliq moyi ehtimol, yurak salomatligini yaxshilaydi
Turli olimlar aniq bog‘liqlikni belgilashgan: odam qancha ko‘p baliq iste'mol qilsa, yurak kasalliklariga duch kelish ehtimoli shuncha kamayadi.
Ruhiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi
Miyaning deyarli 60 foizi yog‘dan iborat, uning katta qismi omega-3 bilan bog‘liq. Shuning uchun ham olimlar omega-3 kislotalari kulrang moddaning normal faoliyati uchun zarur deb hisoblaydilar.
Vaznni kamaytirishda yordam beradi
Baliq moyili qo‘shimchalar vaznni kamaytirishda haftasiga uch marta 45 daqiqadan sport bilan shug‘ullanish kabi yordam beradi.
Ehtimol, ko‘z salomatligini qo‘llab-quvvatlaydi
Ma'lumki, omega-3 yetishmaydigan odamlar ko‘pincha ko‘rishning yoshga bog‘liq buzilishlariga duch kelishadi. Umuman olganda, bu boradagi tadqiqotlar hozircha yetarli emas.
Arterial qon bosimini pasaytiradi
Klivlend klinikasi mutaxassislarining fikricha, omega-3 yog‘ kislotalari jismoniy mashqlar va tuz iste'molini kamaytirish orqali hayot tarzining o‘zgarishi kabi qon bosimini pasaytiradi. Bu esa gipertoniyadan aziyat chekadiganlar uchun yaxshi yangilik.
Yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega
Normada yallig‘lanishlar hatto foydali: chunki immun tizimi infeksiyalarga qarshi kurashadi. Biroq uzoq cho‘zilgan, surunkali yallig‘lanish jarayonlari zararli ekani aniq. Aynan ular semizlik, diabet, yurak kasalliklari, revmatoid artrit, astmaning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Baliq moyi yallig‘lanish jarayonlarini kechiktiradi va ularning belgilarini yengillashtirishda yordam beradi.
Depressiyani yengillashtiradi
Baliq moyini iste'mol qilish orqali depressiyadan aziyat chekuvchilar o‘zlarini ancha yaxshi his etishadi. Bundan tashqari, tadqiqotlardan birining 67 foiz ishtirokchilarida ushbu ruhiy buzilish belgilari omega-3 kursidan keyin deyarli to‘liq yo‘qolgan.
Teri holatini yaxshilaydi
Omega-3 yog‘ kislotalari epidermisdagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. Agar ular yetishmasa, teri namlikni yo‘qotib, qurishni boshlaydi va yallig‘lanish hamda infeksiyalarga moyilligi ortadi.
Baliq moyi terini sog‘lom saqlashda yordam beradi. Bundan tashqari, psoriazda teri holatini yaxshilaydi.
Baliq moyining zarari nimada?
Foyda ortidan quvib, oshirib yubormaslik muhim. Baliq moyining ko‘pligi uning yetishmasligi kabi zararli.
Baliq moyi qondagi qand miqdorini oshiradi
Kichik tadqiqot kuniga 8 g omega-3 yog‘ kislotalarini qabul qilish qondagi glyukoza darajasini 22 foizga ortishiga olib keladi. To‘g‘ri, bu II turdagi diabetga ega odamlargagina tegishli – boshqa odamlar tadqiq etilmagan.
Qon ketish ehtimolini oshiradi
Kuniga 640 mg va undan ko‘proq omega-3 qabul qilish sog‘lom katta odamlarda qonning qotishini kamaytirishi mumkin. Har kuni 1 grammdan 5 grammgacha baliq moyi qabul qilgan o‘smirlarda burundan qon ketish ehtimoli ortadi.
Qon bosimini pasaytiradi
Gipertoniklar uchun yaxshi bo‘lgan narsa gipotoniklar uchun yomon. Agar muammoingiz – qon bosimining pastligi bo‘lsa, baliq moyini qabul qilishda ehtiyotkor bo‘lish lozim. Shuning uchun o‘zingizni yomon his etishga olib keladi.
Diareya chaqiradi
Ich ketishi – baliq moyini iste'mol qilishning eng keng tarqalgan qo‘shimcha ta'sirlaridan biri.
Jig‘ildon qaynashiga olib keladi
Oshqozondagi noqulayliklarga ham. Bu qo‘shimcha ta'sir keng tarqalgan. Shuning uchun kislotali reflyuksga moyil bo‘lsangiz, baliq moyini iste'mol qilishda ehtiyotkorlik lozim.
Demak, baliq moyini iste'mol qilish kerakmi yoki yo‘qmi?
Sog‘lom bo‘lish uchun haftasiga 140-280 g baliq moyi yetarli. Agar ratsioningizda u kamroq bo‘lsa, qo‘shimcha omega-3 qabul qilish mumkin.
Aynan qancha ekanligi – juda murakkab savol. Tibbiyot xodimlari baliq moyining kunlik normasi bo‘yicha aniq ko‘rsatkichlar borasida aniq fikrga kelishmagan. Ular faqat taxminlarni olg‘a surishadi. Demak, Amerika Sog‘liqni saqlash milliy institutining talqiniga ko‘ra, erkaklar kuniga 1,6 g omega-3 yog‘ kislotasi, ayollar esa – 1,1 g iste'mol qilishi zarur.
Biroq dozani mustaqil ravishda emas, sog‘lig‘ingiz, ratsioningiz va umuman hayot tarzingizdan boxabar terapevt bilan birgalikda tanlash lozim. Ana shunda baliq moyidan maksimum darajada foyda olasiz va zararli jihatlariga duch kelmaysiz.
Mavzuga oid

17:08 / 10.07.2025
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?

15:12 / 08.07.2025
Xorijdan qaytgan fuqarolar OIV infeksiyasiga majburiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

19:02 / 01.07.2025
Dunyoda har soatda 100 nafarga yaqin odam yolg‘izlikdan vafot etadi - JSST

15:37 / 24.06.2025