«Arsenal»ni yirik hisobda mag‘lub etgan «Chelsi» Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi

Sport 01:53 / 30.05.2019 24143

Yevropa Ligasida final o‘yini o‘tkazildi.

Hal qiluvchi bahsda Londonning 2ta klubi «Chelsi» va «Arsenal» bellashdi. 

Asosiy voqealar 2-bo‘limda yuz berdi. 49-daqiqada Jiru boshi bilan gol urib, «Chelsi»ni hisobda oldinga olib chiqdi. 60-daqiqada Azar tomonidan yetkazilgan to‘pni Pedro darvozaga yo‘lladi. 65 va 72-daqiqalarda Azar 2ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Arsenal» bunga Ivobining yagona goli bilan javob qaytara oldi.

Natijada «Chelsi» 4:1 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritib, o‘z tarixida 2-marta (2013, 2019) Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Yevropa Ligasi 
Final

Chelsi (Angliya) – Arsenal (Angliya) - 4:1 

29 may, Boku, «Olimpiya» stadioni  
Gollar: 1:0 – 49 Jiru, 2:0 – 60 Pedro, 3:0 – 65, penalti Azar, 3:1 – 69 Ivobi, 4:1 – 72 Azar. 
Chelsi – Arrisabalaga, Kristensen, Emerson, Aspilikueta, David Luiz, Kovachich (Barkli, 76), Jorjino, Pedro (Villian, 71), Kante, Azar (Dzappakosta 89), Jiru.
Arsenal – Chex, Koselni, Monreal (Gunduzi, 66), Kolashinats, Papastatopulos, Torreyra (Ivobi, 67), Meytlend-Naylz, Chaka, O‘zil (Uillok, 77), Obameyang, Lyakazett.
Ogohlantirishlar: Pedro (56), Kristensen (68).

Ko‘proq yangiliklar: