Raul «Real»ning zaxira jamoasi «Kastilya»ga bosh murabbiy bo‘ldi

Sport 14:18 / 29.05.2019 5382

«Real» sobiq hujumchisi Raul klubning zaxira jamoasi – «Kastilya» bosh murabbiyi qilib tayinlandi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

«Kastilya» ushbu mavsumni B Segundasida – Ispaniya uchinchi ligasida o‘tkazdi va to‘rtinchi o‘rinni olib, Segunda yo‘llanmasi uchun pley-off bosqichida qatnashadigan bo‘ldi.

Ma'lum qilinishicha, «Real» o‘rinbosarlari Segundaga chiqa olishi yoki chiqa olmasligidan qat'i nazar jamoani Raul Gonsales boshqaradi. Klub rahbariyati uni keyinchalik asosiy jamoaga ham bosh murabbiy etib tayinlashi mumkin. Avvalroq Zinedin Zidan va Santyago Solari bilan ham shunday bo‘lgan.

41 yoshli Raul hozirga qadar «Real»ning yoshlar jamoasini shug‘ullantirib kelayotgandi.

Ko‘proq yangiliklar: