Ozishga yordam beradigan ichimliklar haqida bilasizmi?

Light 23:54 / 29.05.2019 26008

Detoks-oziqlanish va detoks-ichimliklar tez orada ozishga yordam beradigan parhezlar o‘rnini egallaydi degan tasavvur uyg‘onadi. Bunday ichimliklar ovqat hazm qilish va organizmning boshqa tizimlariga dam beradi – ana shunda kompleks sog‘lomlashish yuz beradi. Ortiqcha suyuqlik chiqib ketgani uchun to‘qimalardagi shishlar kamayadi, teri, tirnoq va sochning holati yaxshilanadi, vazn kamayadi.

Sizga darhol detoks-kokteyl zarurligini ko‘rsatuvchi belgilar

  • Doimiy ich qotishlar, meteorizm, ko‘ngil aynishi.
  • Kuchli charchoq. Uyqudan keyin ham o‘tib ketmaydigan charchoq.
  • Bosh og‘rig‘i.
  • Kayfiyatning tez-tez o‘zgarishi.
  • Terining tez-tez yallig‘lanishi.
  • Zararli yoki restorandagi tezpishar ovqatlarni yoqtirish.
  • Uyquning yomonlashuvi.
  • Qorinning dam bo‘lishi.
  • Ortiqcha vazn.
  • Bel ayollarda 80 sm, erkaklarda 90 sm dan ortiq bo‘lishi.

Foydali ichimliklar uchun eng yaxshi ta'sir ko‘rsatuvchi mahsulotlar

Foto: Pinterest

Olma

  • Pektinga boy.
  • Ovqat hazm qilishni normallashtiradi.
  • Moddalar almashinuvini yaxshilaydi.

Tarvuz

  • Kuchli «namlantiruvchi», suv muvozanatini to‘ldiradi.
  • Yallig‘lanishning oldini oladi.
  • Tomirlar sog‘lig‘ini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Peshob haydash xususiyatiga ega.
Foto: Pinterest

Kivi

  • A va Ye vitaminlari manbai.
  • Organizmni erkin radikallardan himoya qiladi.
  • Yuz terisining yosharishiga hissa qo‘shadi.

Bodring

  • «Yoshartiruvchi» sabzavot.
  • Jigarni samarali tozalaydi.
  • Ortiqcha suyuqlikni chiqarib tashlaydi.
  • Shishlarni oladi.
  • Yuz rangini yaxshilaydi – musaffolik beradi.
Foto: Heaclub.ru

Tsitruslar

  • S vitamini manbai.
  • Tabiiy quvvat beruvchi.
  • Vaznni kamaytirishda samarali ishlaydi.
  • Organizmning virus va infeksiyalarga chidamliligini oshiradi.

Greypfrut

  • Likopin manbai. Ushbu antioksidant modda o‘smalar rivojlanishidan himoya qiladi.
  • Tarkibidagi pektin xolesterin darajasini kamaytirishda yordam beradi.
Foto: Telekanal 24

Yalpiz

  • Yangi uzilgan va quritilgan holda qo‘llash mumkin.
  • Qorin shishini oladi.
  • Ruhiyatni tinchlantiradi.
  • Uyquni tartibga soladi.
Foto: Pinterest

Zanjabil

  • Xush qomat va immunitet do‘sti.
  • Moddalar almashinuvini tezlashtiradi.
  • Infeksiyalarga qarshi kurashadi.

Dolchin

  • Ziravor shirinlik yeyish istagini yengishda yordam beradi.
  • Xush iforga ega ziravor yog‘lar to‘planishini sekinlashtirib, to‘plangan zaxirani eritadi.
  • Qon bosimini pasaytiradi.

Ko‘k choy

  • Xush qomat ichimligi.
  • Zararli narsa yeyish istagini kamaytiradi.
  • Qondagi qand miqdorini kamaytiradi.
  • Moddalar almashinuvini tezlashtiradi.

Ko‘pincha detoks-ichimliklar retseptida kashnich, ismaloq, kayyen garmdorisi, olmali sirkadan foydalaniladi. Har qanday meva detoks-suvni tayyorlash uchun a'lo darajada mos keladi.

Yodingizda bo‘lsin – umuman shakar qo‘shilmaydi.

Ko‘proq yangiliklar: