O‘zbekiston milliy jamoasi Toshkentda yig‘in boshladi

Sport 00:59 / 29.05.2019 8028

O‘zbekiston milliy jamoasi 28 may – 12 iyun kunlari navbatdagi yig‘inni o‘tkazadi.

Uning doirasida uchta o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Dastlab, 2 iyun kuni safarda Turkiya milliy jamoasi bilan bahs olib borilsa, keyinroq, 7 va 11 iyun kunlari Toshkentda mos ravishda KXDR va Suriya milliy jamoasi bilan kuch sinashishadi.

O‘FA xabariga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 28 may kuni Toshkentda yig‘inni boshladi. Mashg‘ulot «Jar» stadionida olib borildi va uning dastlabki 15 daqiqasi matbuot xodimlari uchun ochiq bo‘ldi.

Hozircha bosh jamoa asosan milliy chempionatda to‘p tepayotgan futbolchilar bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Legionerlar birin-ketin yig‘inga kelib qo‘shilishi ko‘zda tutilgan.

Qayd etish joiz, milliy jamoa bosh murabbiyi Ektor Kuper bu o‘yinlarga jalb qilingan futbolchilardan legioner sifatida faoliyat olib borayotgan Doston Tursunov hamda Ikrom Aliboyev Turkiyaga qarshi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Ular o‘z klublari tarkibida milliy chempionat o‘yinlarini o‘tkazib, 3 iyun kuni O‘zbekistonga yetib kelishadi. Keyin jamoa bilan birgalikda KXDR va Suriyaga qarshi o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishadi.

Ko‘proq yangiliklar: