Fotoreportaj: Drulovich O‘zbekiston OTJni ilk marta Olimpiadaga olib chiqish harakatida

Sport 22:04 / 29.05.2019 11010

Serbiyalik Lyubinko Drulovich qo‘l ostida Tokio Olimpiadasida qatnashishi vazifa qilib belgilangan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi dushanba kunidan boshlab Toshkentda navbatdagi yig‘inga kirishdi.

12 iyunga qadar davom etadigan yig‘in mobaynida jamoa vodiy viloyatlarida Misr olimpiya termasi bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Dastlabki o‘yin 9 iyunda Andijonda, «javob bahsi» 11 iyun kuni Namanganda bo‘lib o‘tadi.

Hozirda Olimpiyachilar «Ramada» mehmonxonasida yashab, «Bunyodkor» akademiyasi maydonlarida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Tayyorgarlikni kuzatgan Tribuna.uz fotomuxbiri jarayondan sara suratlarni taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Lyubinko Drulovich O‘zbekiston olimpiya milliy jamoasini kelasi yilning yanvar oyida Tailandda bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga tayyorlamoqda. Musobaqada dastlabki uchta o‘rinni egallagan termalar Tokio-2020 Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

Yig‘inga quyidagi 27 nafar futbolchi jalb etilgan.

Darvozabonlar:
Ergashev Umidjon, "Nasaf"
Hamroyev Umidjon, "Paxtakor"
Ne'matov Abduvohid, "Nasaf"
Ziyovutdinov Nizomitdin, OKMK

Himoyachilar:
Saitov Dilshod, "Nasaf"
Kobilov Islom, "Bunyodkor"
G‘ofurov Husniddin, "Surxon"  
Alijonov Ilhom, "Istiqlol"
Aliqulov Husniddin, "Nasaf"
Rustamov Oybek, "Qo‘qon-1912"
Yuldashev Ibrohim, "Metallurg" 
Salimov Alisher, "Paxtakor

Yarim himoyachilar:
Muhitdinov Sharof, "Nasaf"
G‘aniyev Aziz, "Nasaf"
Ismoilov Abrorbek, "Surxon" 
Abdullayev Abdulla, "Bunyodkor"
To‘xtasinov Nurillo, "Bunyodkor"
Amonov Azizbek, "Lokomotiv"
Bozorov Oybek, "Nasaf"
Qodirqulov Sanjar, "Bunyodkor" 
Sobirjonov Asad, "Buxoro"
Jaloliddinov Jasur, "Bunyodkor" 
G‘ulomov Abbos, "Navbahor"

Hujumchilar:
Abduxoliqov Bobur, "Nasaf"
Mirahmadov Mirjahon, "Bunyodkor"
Umarov Shahboz, OKMK 
Abdurahmonov Shohruh, "Dinamo"

 

Ko‘proq yangiliklar: