Doimiy ravishda kechikadiganlar uchun 15 ta layfxak

Light 18:15 / 29.05.2019 12083

O‘zingizda hamma narsani vaqtida bajarish, aytilgan joyga o‘z vaqtida kelish ko‘nikmasini tarbiyalash uchun soatingizni tekshiring, rag‘bat toping va atrofdagi odamlar haqida o‘ylang.

  1. Soatlaringiz soni ko‘proq bo‘lsin

Smartfondagi soatning o‘ziga ishonishning o‘zi ish bermaydi. Kech qoluvchilarning muammosi – vaqtni noto‘g‘ri tushunish. Shuning uchun undagi ma'lumotni tez-tez almashtirish lozim.

Har bir xona devoriga soat osing, qo‘lingizga ham taqib oling. Muayyan vaqtda signal beradigan qurilmalar ham o‘z vaqtida yetib borish uchun yaxshi vosita. Masalan, ishga soat to‘qqizda yetib borish uchun soat sakkizda uydan chiqishingiz kerak. Soat sakkiz bo‘lganida oyoq kiyimni kiyib, uydan chiqishingiz kerakligini tushunishingiz lozim.

Foto: Unsplash
  1. Soatni bir necha daqiqa oldinga sozlang

Surunkali kechikadiganlar uchun bu befoyda maslahat. Axir soatingiz qancha orqada qolishini bilasiz-ku, shuning uchun ham yakuniy natijaga ta'sir qilmaydi. Ayniqsa odatda besh daqiqaga emas, 40 daqiqa kechikadigan bo‘lsangiz.

Hatto besh daqiqaga ham kechikishni istamaydigan mas'uliyatli kishilar uchun esa mazkur layfxak yaxshi ish beradi.

  1. Kundalik ishlar qancha vaqt olishini qayd eting

Vaqtni to‘g‘ri baholay olmaslik kechikadiganlarga xos. Besh daqiqada dush qabul qilish, tishlarni yuvish va sochni tarashga ulgurish mumkindek tuyuladi. Aslida dushda o‘n daqiqa vaqt ketkazasiz. Natijada vaqt yeldek o‘tadi, vaziyat esa nazoratdan chiqib ketadi.

Kundalik ishlar qancha vaqt olishini aniq bilishingiz kerak. Bu esa qancha vaqt oldin otlanishni hisoblashda yordam beradi.

  1. Kutilmagan holatlar uchun vaqt qoldiring

Hayot ideal emas. Svetofor qizil bo‘ladi, paypoq va bog‘ichlar uziladi, kalitlar yo‘qoladi va hatto ishonchli metro poyezdi ham tunelda qolib ketadi. Kutilmagan vaziyatlarni biror yerga otlanish vaqtida albatta hisobga oling.

  1. Oldinroq kelishni rejalashtiring

Aniqlik – qirollarga xos xususiyat, biroq biz Buyuk Britaniyada emasmiz. Aniq soat va daqiqalarda kelishga harakat qilish shart emas. Aniq vaqtga emas, belgilangan vaqtdan 15 daqiqa oldin kelishga harakat qiling. Ana o‘shanda kechikmaslik ehtimoli ortadi.

  1. Chalg‘imang

Birlamchi tayyorgarlik rejasiga kirmaydigan barcha ishlarni keyinga qoldiring. Ayniqsa bu ijtimoiy tarmoqlar lentasiga tegishli. U yerda o‘tkazib yuborish mumkin bo‘lgan hech narsa yuz bermasligi aniq. Biroq vaqtni yeb bitirishi tayin.

Foto: Unsplash
  1. Rag‘bat toping

Yaxshisi, ijobiy jihatlarni topgan ma'qul. Biroq o‘ta xarajatli variantlarni izlamang. Har safar o‘z vaqtida kelganingiz uchun qimmatbaho narsa olish yoqimli, biroq juda serxarajat. Chunki o‘z vaqtida kelish odatini butun umrga saqlash lozim.

Umuman olganda, salbiy rag‘bat ham ish beradi. Ayniqsa, tashqaridan ta'sir ko‘rsatilganida.

  1. Kun rejimini tartibga soling

Yaxshi shakllantirilgan ish kuni ikki ijobiy jihatga ega:

Rejimga rioya qilasiz, o‘z vaqtida uyg‘onasiz va uxlaysiz.

Ishlarni har kuni bitta vaqtda bajarib, uning qanday kechishini yaxshi his etasiz.

  1. Oldinroq otlaning

Kattalar hayotida ham yordam beradigan oddiy maktab qoidasi: portfelni kechki payt hozirlash. Bu ayniqsa kiyim tanlashga tegishli. Ayrimlar bunga qarshi fikr ham aytishadi: «Balki oldindan tayyorlangan kiyimni kiyishga menda kayfiyat bo‘lmas». Biroq ertalab kayfiyatingizdan qat'i nazar kiyimlaringiz dazmollangan va tayyor holda ekaniga xursand bo‘lishingiz aniq.

  1. Ezgulikni keyinga qoldiring

Ishga, o‘qishga hozirlik ko‘rish vaqti uydagi yaqinlarning iltimoslarini bajarishga to‘g‘ri keladigan fursat emas. Albatta, ular o‘zlari haqida qayg‘ura oladilar.

  1. O‘zingizni kutayotgan inson o‘rniga qo‘yib ko‘ring

Odatda kechikayotgan kishining e'tibori faqat o‘zida bo‘ladi: u haqida nima deb o‘ylashadi, ushlanib qolish unga qanday noqulayliklar keltiradi va  hokazo. Vaziyatga boshqa tarafdan nazar solish davolash xususiyatiga ega. Nima uchun o‘zga inson sizni kutib qolishi kerak? Tizimli ravishda kech qolish bariga chek qo‘yishi mumkin. Bu esa adolatli yakun bo‘ladi.

  1. Mas'uliyatni o‘zgalarga yuklamang

Kechikish uchun sizda millionta o‘zini oqlash variantlari bor. Tirbandliklar, yirtilgan oyoq kiyim, bemahal qo‘ng‘iroq, o‘chib qolgan budilnik aybdor – aybdor odamlar va narsalar ko‘p, biroq o‘zingizni beayb sanaysiz. Bunga chek qo‘yish vaqti yetdi. Har kungi kechikishlarning asosiy sababi ko‘zgudan sizga boqmoqda. Kechikdingizmi – aybingizni va bo‘lib o‘tgan vaziyat mas'uliyati zimmangizda ekanini tan oling.

Foto: Unsplash
  1. Kunni to‘g‘ri rejalashtiring

O‘ta tig‘iz jadval kechikishlarga sabab bo‘ladi. Vazifalarni rejalashtirishga real yondashing va ularni imkoni boricha bir yerda to‘planadigan qilib guruhlashtirishga harakat qiling.

Borishingiz kerak bo‘lgan marshrutni o‘rganing, barcha jihatlarni hisobga oling. Agar har kuni muayyan chorrahada tirbandlik kuzatilsa, aynan bugun u yerdan soniyalar ichida o‘tishingiz ehtimoli juda oz.

  1. Atrofni o‘zgartiring

Atrofdagilar kech qolsa, o‘z vaqtida kelishning nima keragi bor: baribir kutishga to‘g‘ri keladi. Bu aks ta'sir qilishi ham mumkin: agar atrofdagilar uchun vaqtida kelish ahamiyatli bo‘lsa, unga moslashishga to‘g‘ri keladi.

  1. O‘zingizdan boshlang

Ehtimol, o‘z vaqtida kelishni istamassiz. U holda vaziyatni emas, o‘zingizni o‘zgartirish kerak. Sizga qanot beradigan do‘stlar bilan uchrashing. Ish jadvali qat'iy bo‘lmagan ish toping. Qayerga o‘z vaqtida yetib kelmasligingizni tushuning va aynan shu bandlarga o‘zgartirish kiritishdan boshlang.

Ko‘proq yangiliklar: