Bolani tadbirkor qilib tarbiyalashda yordam beradigan 10 ta kitob

Light 11:40 / 29.05.2019 13167

 

Foto: Fotolia

Har bir ota-ona o‘z farzandining baxtli va mustaqil kelajagi haqida orzu qiladi. Bunga erishish usullaridan biri – o‘z ishini tashkil etish. Biroq buning uchun ham qator omillar zarur: moliyaviy savodxonlik, maqsad sari intilish, oilaning ko‘magi. Omadni qarangki, endilikda har bir ota-onada o‘z farzandida tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish uchun o‘ziga xos yo‘l xaritasini tuzish imkoniyati mavjud.

Rb.ru nashriyotlarga murojaat qilib, bolada tadbirkorlik ko‘nikmalarini topish va rivojlantirishda yordam beradigan kitoblarni tavsiya etishlarini so‘ragan. O‘nta foydali kitobdan iborat ro‘yxat esa quyidagicha:

«Qanday qilib 21 kunda film yozish mumkin? Ichki film usuli»

Viki King kitobi – mualliflik konsepsiyasi va ssenariy yozish mohirligini qadam-baqadam o‘rgatish. Gap shundaki, hech kim 21 kunda film yoza olmaydi. Biroq yurak va miya hamkorligi yo‘lga qo‘yilsa, imkonsiz narsani amalga oshirish mumkin. Birinchi navbatda, bu kitob filmga ssenariy yozishni o‘rgatsa, ikkinchidan esa mashaqqatlardan qo‘rqmaslik va orzuga erishish yo‘lida bahonalar topmaslikni o‘rgatadi.

«Bolani fikrlashga o‘rgating»

Edvard de Bono bolani fikrlashga o‘rgatish zarur, deb hisoblaydi. To‘g‘ri, ayrim ota-onlar konstruktiv fikrlash va zakovatni adashtiradilar. Biroq muallif ushbu tushunchalar o‘rtasidagi farqlarni ko‘rsatadi hamda bolalarning aqliy faolligini rivojlantirish uchun ko‘plab o‘yin va mashqlarni taklif etadi.

«O‘smirlar uchun boy ota, kambag‘al ota»

Robert Kiyosaki – g‘aroyib tajribaga ega inson. Uning asarlari mana bir necha yildirki, o‘zining dolzarbligini yo‘qotmayapti. Bu kitob o‘smirlarga moliyaviy savodxonlik asoslarini beradi, dunyoda o‘z o‘rnini topish va haqiqatan ham badavlat bo‘lishda ko‘mak ko‘rsatadi.

«Mani ismli it»

Bodo Shefer kitobida gapira oladigan Mani ismli labrador haqida so‘z yuritiladi. G‘aroyib it moliya sohasida daho bo‘lib chiqadi va «kattalarga» xos murakkab tushunchalarni oson o‘yin tarzida tushuntiradi.

«Bolalar uchun psixologiya: uy, maktabda va sayohatda»

Ertami yoki kech, har bir bola jamiyatga kirib keladi va tushunmaslik muammosi bilan yuzma-yuz kelishi mumkin. Qanday qilib to‘g‘ri do‘stlashish mumkin? Qanday qilib muloqot qilish, o‘ynash kerak? Larisa Surkovaning kitobi bolalar har bir murakkab vaziyatda o‘zlarini dadil tutishlari uchun eng zarur psixologiik haqiqatlar haqida hikoya qiladi.

«Videobloger bo‘l»

Agar farzandingiz videobloger bo‘lish va ana shu sohada pul topishni istasa, bunday ensiklopediya aynan siz uchun. U sizga eng asosiy narsalar – roliklarni tasvirga olib, ularni montaj qilishni o‘rgatadi. Yana unda faoliyatini endigina boshlagan blogerlarning eng keng tarqalgan xatolari haqida batafsil so‘zlab beriladi. Endi barini to‘g‘ri bajarish mumkin.

«Qanday qilib bolani moliyaviy dahoga aylantirish mumkin?»

Kitob «3 yoshdan 23 yoshgacha farzandi bo‘lgan ota-onalar uchun» yozilgan. Shunday ekan, uning tili tushunarsiz atamalarga boy, murakkab ekanidan cho‘chimang. Bet Koblayner – moliyaviy maslahatchi, uning kitobi inflatsiya va birjadagi o‘yinlarni sodda tilda tushuntirishga yordam beradi.

Nashr bolalarga buvi va buvalar tomonidan sovg‘a qilingan pullarni saqlash (yoki sarmoya sifatida kiritish) usullarini ko‘rsatadi. Agar farzandingizdan tadbirkor kishini shakllantirishni istasangiz, hozirning o‘zidan boshlash kerak. U holda Koblayner - must-read (o‘qish shart bo‘lgan) kitob ekani aniq.

«Bolalar va pul»

Adam Xo va Keon Chi bolalarda pulga nisbatan to‘g‘ri munosabatni shakllantirishni biladilar. Mualliflar ota-onalarga bolalar bilan moliyaviy savodxonlik hamda tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishni donolarcha tushuntiradilar.

Dunyodagi jami marketing xarid va yana xarid qilishni taklif etayotgan bo‘lsa-da, xarajatlarni amalga oshirishda bolada mas'uliyat va mo‘'tadillik kabi jihatlarni rivojlantirishni zarur, deb hisoblashadi. Bularning barini mualliflar shaxsiy tajriba, u qadar murakkab bo‘lmagan testlar va g‘aroyib komikslarga asoslangan holda maslahat berishadi.

«Kira va kulcha siri»

Bodo Shefer bolalarning moliyaviy savodxonligida to‘xtab qolgani yo‘q. Kira ismli qizaloq haqidagi kitob nafaqat pul, balki shaxs sifatida rivojlanish haqida. Qahramon murakkab vaziyatlarga duch kelib, ularni muvaffaqiyatli yengishga erishadi. Kitob qiyinchiliklarni yengish, o‘z-o‘ziga ishonish, muvaffaqiyatlarga erishishni o‘rgatadi. Bu esa har bir bola uchun muhim.

«Orzu qil va amalga oshir!»

Polina Grens – «Fizruk» serialidagi aktrisa. Ushbu kitobda u haqiqatan ham muvaffaqiyatli bo‘lish, blogni to‘g‘ri yuritish va u orqali pul ishlab topish haqida hikoya qiladi.

Ko‘proq yangiliklar: