Sevilya - Ispaniyadagi kishini hayratga soladigan hordiq

Light 12:16 / 28.05.2019 6377
Foto: Spain Attractions

Sevilya — yorqin va rang-barang ispan shahri. U hech bir kishini befarq qoldirmaydi. Sevilya flamenko raqsiga o‘xshaydi, tashrif buyurganlarda yoqimli xotiralarni qoldiradi. Bu yerda nima bilan shug‘ullanish mumkin? facte.ru Sevilyadagi hordiqning o‘ziga xos jihatlari bilan o‘rtoqlashadi.

Foto: SINA

An'ana va bayramlar

Har yili shaharda Aprel yarmarkasi o‘tkaziladi. Bu mahalliy xilma-xillikni his etish uchun eng qulay vaqt.  Festivalni paradlar ochib beradi, chavandozlar an'anaviy kiyimlarni kiyishadi. Roppa-rosa kun yarmida muhim hodisa – korrida boshlanadi.

Foto: Wikipedia

Arxitektura

Sevilyada rim, ispan va arab madaniyati aralashmasini kuzatish mumkin. Bunday birikma shahar arxitekturasida ham o‘z aksini topgan Eski hududlar tor, bir-biriga tutashgan ko‘chalar o‘rab olingan. U yerda oddiy uylar va qadimiy rim inshootlariga taalluqli saroylar ham bor.

Sevilya yodgorliklari Gvadalkvivir daryosining chap qirg‘og‘idagi qadimiy mavzelarda joylashgan.

Foto: Wikipedia

Gastronomiya

Sevilyaning ko‘p asrlik tarixi nafaqat shahar arxitekturasi va shahar tuzilishi, balki mahalliy oshxonasida ham o‘z aksini topgan. Andaluz oshxonasi mehmonlarni taomlarning xilma-xilligi bilan lol qoldiradi.

Yozning jazirama kunlarida gaspacho sho‘rvasi ayni muddao. Aynan Sevilya bu taomning vatani sanaladi. An'anaviy turidan tashqari bu yerda gaspachoning xilma-xil ko‘rinishlari tayyorlanadi. Masalan, tuxumli salmorexo.

Yana bir mashhur taom – xamon. Bu taom uchun Ispaniyaga butun dunyodan ishqibozlar tashrif buyurishadi.

Sevilyaning milliy taomi flamandcha tuxum hisoblanadi

Ispaniyada mashhur ichimlik – sangriya. Ichimlik litrli ko‘zalarda meva bo‘laklari bilan tortiladi.

Ko‘proq yangiliklar: