Ispaniyada La Liga klubi prezidenti va qator futbolchilar hibsga olindi

Sport 15:50 / 28.05.2019 15797

Ispaniya politsiyasi Primera va Segunda klublarining bir qator futbolchilarini hibsga oldi. Qo‘lga olinganlar kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda gumonlanmoqda.

Servimedia telekanalining huquq-tartibot organlaridagi manbasiga asoslanib xabar berishicha, hibs etilganlar orasida «Real» klubi va Ispaniya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Raul Bravo ham bor. Undan tashqari, Borxa Fernandes («Real Valyadolid»), Samuel Says Alonso («Xetafe»), Inigo Lopes Montanya («Deportivo La-Korunya») va Segundaning bir nechta klublarida to‘p tepgan sobiq hujumchi Karlos Aranda ham qo‘lga olingan.

Shuningdek, politsiya «Ueska» klubi ofisida tintuv o‘tkazgan hamda klub prezidenti Avgustin Lasaosa va tibbiyot xizmati boshlig‘i Xuan Karlos Galindoni hibsga olgan.

EFE agentligining o‘z manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, yuqoridagi shaxslar uyushgan jinoiy guruh tuzish, korrupsiya va pul yuvish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Ma'lumot uchun, 2018/19 mavsumida «Ueska» o‘z tarixida ilk marta La Ligada ishtirok etdi va 19-o‘rinni band etib, yana Segundaga qaytdi.

Ko‘proq yangiliklar: