Hammadan eng ko‘p ishlaydigan va hech qayerga bormaydigan koreyaliklar qanday dam olishadi?

Light 13:50 / 27.05.2019 20111

Janubiy Koreya bugun eng rivojlangan, dunyodagi iqtisodiy barqaror mamlakatlardan biri. Biroq 60 yil muqaddam mahalliy aholi bu darajadagi muvaffaqiyat va hayot darajasi haqida faqat orzu qilardi. Albatta, bu davlatning yuqoriga ko‘tarilishi ko‘plab tarkibiy qismlarga ega, Koreyaga iqtisodiy mo‘jizaga erishishda yordam bergan qisqa formulani alohida ajratib ko‘rsatish mushkul.

Biroq asosiy omillardan biri, shubhasiz koreyslarning noreal, aql bovar qilmas darajadagi mehnat qobiliyatidir.

Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim

Janubiy Koreya aholisining mehnatkashligi shu darajada g‘aroyibki, u haqida afsonalar yaratiladi. Ish jadvali esa tasavvurni hayratga soladi, afsuski mahalliy aholining salomatligiga zarar keltiradi. Ular shu darajada ko‘p va intensiv ishlaydilarki, bu hukumat bosh qotiradigan davlat darajasidagi muammoga aylanmoqda. Surunkali ko‘p ishlash ko‘plab janubiy koreyaliklarning ta'tilga otlanganda o‘zi yashayotgan shahardan tashqariga chiqmasligiga olib keldi.

Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim

Vatandoshlarining mazkur «tashqariga chiqmas» fenomeni bilan qiziqqan fotograf Sangyu Kim kichik, biroq yodda qoluvchi «Yaxshi kunlar» fotoloyihasini amalga oshirdi. Unda Sangyu Kim Janubiy Koreyadan tashqariga chiqmay, doimiy ravishda ishga oid vazifalariga kirishishga tayyor bo‘lgan aholi qanday dam olishini ko‘rsatadi.

Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Foto: Sangyu Kim
Ko‘proq yangiliklar: